Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi o‘yindan so‘ng qanday fikr bildirdi?

Aleksandr Xomyakov Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi o‘yindan so‘ng qanday fikr bildirdi?

Baho:
+ | -

«Andijon»ning Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng andijonliklar ustozi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ikki xil bosqichda tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar ekanligi ko‘rindi. Raqib jamoa bizdan ancha kuchli. Ular tezkor va xarakatchan. Bizda hali bunday o‘yin bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa ham hujumlar uyushtirdik, biroq to‘p darvozaga kirmadi. Bir-ikkita shunday vaziyatlardan so‘ng bizni «yopdi».

Biz endi boshladik. Ular esa ancha yuqori bosqichga chiqib borishibdi. Jismoniy holatimiz bilintirdi, hech nimaga ulgurmadik. O‘yinda ulardan saboq oldik. Xursand qilgani, bu bizning birinchi o‘yinimiz. Endigina tayyorgarliklarni boshladik, hali vaqtimiz bor, ishlash uchun. O‘z xarakterimizni ko‘rsatishda davom etamiz.

Biz yaqqol vaziyatlarni kam yaratdik, lekin raqib 2-3 ta yaxshi vaziyat yarata oldi. Gol o‘tkazib yubormaganimiz meni xursand qildi. Himoyadan turib o‘ynadik, ha, gol ursa bo‘ladigan bitta vaziyatimiz bo‘ldi. Hozir bir nima deyish qiyin, ishlashda davom etamiz. Asosiysi, yigitlar xohish va irodalarini ko‘rsatishdi va berilgan vazifalarini bajarishdi”, – dedi Aleksandr Andreevich.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 10:32, 28.01.2024.
O'qildi: 1490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик