Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Xomyakov: "Bunday o‘yinlar bizga tajriba beradi"

Xomyakov: "Bunday o‘yinlar bizga tajriba beradi"

Baho:
+ | -

SSKA – “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov “Andijon” matbuot xizmatiga o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Shubhasiz, bunday Rossiya bayroqdori bo‘lgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazishni o‘zi yoqimli. To‘g‘ri, bu yil sovrindorlar qatorida emas, shunday bo‘lsa-da, bu kabi o‘yinlar bizga tajriba beradi.

Bizga mana shunday o‘yin tashkil qilib berganligi uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Uchrashuvga to‘xtalsam, kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. o‘yin oson bo‘lmasligini oldindan bilgan edik. Mashg‘ulotlarda ishlangan ba’zi narsalarimizni ko‘rib oldik. Xursand qilgan jihati, ayrim vaziyatlarda koreyaliklarga qarshi o‘yinga nisbatan yaxshi harakat qildik. Bu uchrashuvda yaxshi o‘ynayotganimizni va yana kamchilik taraflarimizni ko‘rib oldik. To‘g‘ri, ba’zi pozisiyalar meni xavotirga solyapti, kuchaytirish lozim. Muammolarni bartaraf qilamiz, deb o‘ylaymiz. Ishlashda davom etamiz.

Yana qaytarib o‘taman: bir nechta pozisiyalarni kuchaytirish kerak. Yigitlarga rahmat, harakat qilishdi. Bunday o‘yinlarda tushkunlikka tushish shart emas. Ikkinchi golni o‘tkazganimiz alamli bo‘ldi. Bunga o‘zimiz sababchimiz, shu vaziyat kartinani buzib qo‘ydi. Hujumda ishlarimiz o‘xshamadi. Golga tortadigan vaziyat yarata olmadik. Koreyaliklar bilan bo‘lgan o‘yinga nisbatan vaziyatlarimiz oz bo‘ldi. Ammo biz ishlashda davom etamiz”, – deya fikr bildirdi, Aleksandr Andreevich.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:57, 02.02.2024.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.