"Chelsi" vingeri Mixail Mudrik "Bavariya" uni yanvar oyida Kingsli Komanning jarohati tufayli ijaraga olishi mumkin bo‘lganligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
"Bilishimcha, "Bavariya" mening vakilim bilan aloqada bo‘lgan", - deb yozdi yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu xabar ostida.
Myunxenliklar jamoasi e’tiborini Mudrikga qaratganining asosiy sababi qilib Kingsli Koman jarohat sabab 2-3 oyni o‘tkazib yuborishi ko‘rsatilgan.