Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kutilmagan uchrashuv, kutilgan mehmonlar yoxud «Andijon»ning o‘yinlari atrofidagi voqeliklar

Kutilmagan uchrashuv, kutilgan mehmonlar yoxud «Andijon»ning o‘yinlari atrofidagi voqeliklar

Baho:
+ | -

Rejalashtirilganidek, «Andijon» 4 fevral kuni ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Raqiblar – Ruminiyaning «Selimbar» va Gruziyaning «Saburtalo» jamoalari edi. Belekdagi «Fanatik» arenalaridan foydalanildi. Avvalo, «Fanatik» 2 stadionida jamoamizning «Selimbar»ga qarshi uchrashuvi o‘tkazildi. Oldindan aytish joizki, murabbiylar ikkala uchrashuv uchun futbolchilarni taqsimladilar va ularning imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar.


Tarkibga nazar tashlagan bo‘lsangiz, unda Demir Imeriga ko‘zingiz tushganligi aniq. Makedoniyalik yarim himoyachi hozircha jamoa ko‘rigida bo‘lib turibdi. Xomyakov shogirdlari «Selimbar»ga qarshi bahsda bir qancha golli imkoniyatlarni yaratdilar. Biroq hujumlarni gol bilan yakunlashda omad yuz o‘girdi. Albatta, ruminiyaliklarda ham imkoniyatlar bo‘ldi, yakunda esa darvozalar daxslsiz qoldi. Darvoqe, "Andijon" a’zolari – Eldor Adhamov va Abubakir Rejabboyev jarohat tufayli ushbu bahslarni o‘tkazib yubordilar.


«Andijon»ning «Sabultaro»ga qarshi ikkinchi o‘yini qo‘shni maydonda o‘tdi. Ilk uchrashuv davom etayotgan paytda gruziyaliklarga qarshi bellashuv uchun ajratilgan asosiy tarkib mashg‘ulotlarni davom ettirib turdi. «Selimbar»ga qarshi bellashuv yakunlanishi bilanoq qo‘shni maydonga ko‘chib o‘tdik va darhol barcha e’tibor «Sabultaro» bilan bahsga qaratildi.

Ikkinchi o‘yin ham qiziqarli kechdi. Darvoqe, bellashuvdan oldin kichik bir qiziq holat yuz berdi. «Sabultaro» klubi bosh murabbiyi Giorgi Mikadze o‘z vaqtida Andijonning «UzDongJu» jamoasida to‘p tepgan. O‘sha mahalda hozirda «Andijon»da yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilayotgan Elyor Rahmatullayev bilan birga to‘p surishgan. Bahs avvalida Mikadze Rahmatullayevni ko‘rishi bilanoq darhol yoniga borib, o‘zini tanishtirdi va «UzDongJu»da birga to‘p surganini eslatdi. Ular oldingi xotiralarini yodga oldilar. Oradan 16-17 yil o‘tgan bo‘lsa ham Giorgi Mikadze Elyor Rahmatullayevni unutmagani va bir qarashdayoq taniganiga qoyil. Ular uchrashuvdan keyin iliq tarzda xayrlashishdi.

Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda Farhod Bekmurotov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Lekin uchrashuv yakuniga qadar gruziyaliklar ikki marta javob qaytargan holda hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdilar. Shu tariqa, ikkinchi uchrashuvda jamoamiz imkoniyatni boy berdi. Asosiysi, murabbiylar ushbu o‘yinlar orqali jamoa o‘yinini shakllantirib bormoqdalar.

Yana bir holat e’tiborimizni tortdi. «Fanatik» arenalari bir-biriga yonma-yon joylashgani uchun qo‘shni maydonlarda turli xil mamlakatlardan kelgan jamoalar shug‘ullanishar, yana boshqasida esa o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilardi. "Andijon" o‘z o‘yinini o‘tkazayotgan mahalda «So‘g‘diyona» hamda «Paxtakor» klublari qo‘shni maydonlarda mashg‘ulotlarini olib bordilar. Shuningdek, Qozog‘iston chempioni «Ordabasi» Armanistonning «Pyunik» klubi bilan o‘ynadi va 2:4 hisobida yutqazdi. Ushbu bahsda «Ordabasi» tarkibida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotganiga ham guvoh bo‘ldik. Bundan tashqari, «Qizilqum» bosh murabbiyi Jamshid Saidov va uning yordamchilari «Andijon» ishtirokidagi o‘yinlarni stadionda kuzatib bordilar.

1-o‘yin. «Andijon» – «Selimbar» (Ruminiya) – 0:0.
«Andijon»ning boshlang‘ich tarkibi: Igor Litovka, Ildar Mamatkazin, Islom Mamatkazin, Abduvohid G‘ulomov, Sardor Azimov, Muhammadkarim Toirov, Levan Arveladze, Suhrob Berdiyev, Farhod Sohibjonov, Demir Imeri, Diyor Toirov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sunnatilla Abdullajonov, Asad Habibullayev, Shahboz Erkinov, Mohir Komilov, Asilbek Aysarov.
«Selimbar»: Aldesku Marius, Gits Aleksandru, Palmesh Raul, Natea Chiprian, Mitrea Flonimel, Pamos Mikayel, Salim Tudor, Deak Gabriyel, Rodri Xernando, Suare Kasian, Pop Aleksandru.

2-o‘yin. «Andijon» – «Sabultaro» – 1:2 (1:0).
«Andijon»: Igor Litovka, Vladimir Bubanya, Marlen Chobanov, Abduvohid G‘ulomov, Izzat Abdurasulov, Farhod Bekmuratov, Sherzod Esanov, Ilhom Abdug‘aniyev, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, Shahboz Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asilbek Aysarov, Mohir Komilov, Sunnatilla Abdullajonov, Suhrob Berdiyev, Demir Imeri.
«Sabultaro»: Lazare Kupatadze, Irakli Komaxidze, Aleksandre Narimanidze, Giorgi Jerenaiya, Tsotne Kapanadze, Shota Nonikashvili, Bakar Xardava, Dadiani, Gizo Mamageishvili, Giorgi Koxreidze, Saba Mamachashvili.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:40, 05.02.2024.
O'qildi: 2397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.