Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

«Andijon» – «Belusha» uchrashuvida kuchlar teng keldi

«Andijon» – «Belusha» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Baho:
+ | -

Antaliyada shug‘ullanayotgan «Andijon» hisob bo‘yicha 5-o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Bu safargi raqib Slovakiyaning «Belusha» jamoasi bo‘ldi.

Kun bo‘yi havo bulutli bo‘lgani sababli o‘yin oldidan yomg‘ir yog‘ishni boshladi. Orada to‘xtagandek bo‘ldi va ikkinchi bo‘limda yana davom etdi. Bevosita uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, qizg‘in kurashlarga boy o‘tdi.

Jamoamiz tarkibida ko‘rikdan o‘tayotgan futbolchilar shu kuni murabbiylar tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Jumladan, «Paxtakor»dan kelgan hujumchi Rustam Turdimurodov, qozog‘istonlik futbolchi Oralxan Omirtayev. Bu ikkala o‘yinchi hujumchi. Omirtayevning oxirgi klubi Qozog‘istonning «Atirau» jamoasi sanaladi. Shuningdek, SSKA 2 da faoliyat olib borgan yosh posbon Maksim Sarraf ham uchrashuvda maydonga tushirildi.

Asta-sekin «Andijon»ning o‘yini shakllanib boryapti. «Belusha»ga qarshi uchrashuvda rejalashtirilgan hujumlar orqali bir nechta golli imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Biroq uchrashuvda hisobni ochish raqib jamoaga nasib etdi. Birinchi bo‘limda jamoalar maydonni golsiz tark etishdi. Ikkinchi bo‘limda esa slovakiyaliklar burchakdan to‘p uzatilgan keyin hisobni ochishdi. Bu vaziyatda zaxiradan maydonga tushgan Roman Xolichek boshi bilan gol urdi.

Lekin «Andijon» bu golga tezkorlik bilan javob qaytardi. Jamoamizning navbatdagi hujumlaridan birida Levan Arveladze jarima maydoni ichida zarbani aniq yo‘lladi va muvozanatni tikladi – 1:1.

Umuman aytganda, jamoamiz g‘alabaga yaqin kelgandi. Ikkala bo‘limda ham raqib darvozasi oldida golli vaziyatlar yaratildi. Faqat oxirgi lahzalarda omad yuz o‘girdi.

Darvoqe, uchrashuvni tomosha qilish uchun mehmonlar ham tashrif buyurdilar. «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramovni uchratdik. U bir bo‘lim tomosha qilgach, keyin ketdi. Shuningdek, OKMK murabbiylar shtabida mehnat qilayotgan Marat Axmerovga ko‘zimiz tushdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa OKMK ustozi Mirjalol Qosimov ham paydo bo‘ldi. Keyin bilsak jamoamiz o‘ynayotgan maydonning qo‘shni tarafida OKMKni ham Ukrainaning «Veres» klubiga qarshi o‘yini belgilangan ekan. Orada esa «Andijon»ning sobiq futbolchisi, hozirda OKMK sharafini himoya qilayotgan Baxtiyor Qosimov jamoamiz vakillari bilan ko‘rishib, qadrdonlari bilan salom-alik qilib ketdi.

Shu tariqa, "Andijon"ning yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va bu bahsdan murabbiylar shtabi kerakli xulosalarga ega bo‘ldilar.

«Andijon» – «Belusha» – 1:1 (0:0).
«Andijon»: Mohir Komilov, Islom Mamatkazin, Abduvohid G‘ulomov, Vladimir Bubanya, Levan Arveladze, Muhammadkarim Toirov, Sherzod Esanov, Sardor Azimov, Farhod Sohibjionov, Bektemir Abdumannonov, Rustam Turdimurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Maksim Sarraf, Oralxan Omirtayev, Sunnatilla Abdullajonov, Marlen Chobanov, Ildar Mamatkazin, Ilhom Abdug‘aniyev, Farhod Bekmuratov, Diyor Toirov, Suhrob Berdiyev, Izzat Abdurasulov, Shahboz Erkinov, Asilbek Aysarov, Armin Boshnyak, Asad Habibullayev.
«Belusha»: Medard Vangel, Peter Bryandizar, Robert Stefanek, Patrik Schizler, Lukak Beno, Denis Knijka, Roman Gaspar, Branislav Duris, Adam Kopilek, Michal Xrenak, Patrik Krchula.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Striyedali, Roman Xolichek, Briks, Balaz.
Gollar: Roman Xolichek, 57 – 0:1. Levan Arveladze, 60 – 1:1.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:49, 10.02.2024.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.