Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ildar Mamatkazin: «Jamoamizda g‘olibona ruh yaxshi shakllangan, o‘zimizga bo‘lgan ishonch yuqori»

Ildar Mamatkazin: «Jamoamizda g‘olibona ruh yaxshi shakllangan, o‘zimizga bo‘lgan ishonch yuqori»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubining Antaliya shahrida davom etayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazilayotganidan xabardorsiz. Klubning har bir a’zosi bor kuchini safralagan holda mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilishyapti. Jumladan, jamoa sardori Ildar Mamatkazin ham. Unda yetakchilarga xos xususiyat mavjud. Shu bois ham u har qanday o‘yinda o‘zini ayamasdan, jonini berib o‘ynaydi. Kuni kecha esa Slovakiyaning «Belusha» jamoasiga qarshi bellashuvda u biroz jarohat oldi.

– Ildar jarohatingiz haqida so‘ramoqchiman. Jiddiy emasmi?
— Jiddiy emas. Har doimgidek bo‘lib turadigan holat. Ozgina qoshim yorildi, shu xolos. Hammasi joyida.

— Slovakiya klubiga qarshi o‘yindan qanday taassurot oldingiz?
— O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Durangga mos uchrashuv bo‘ldi. Jismoniy yuklamalar ostida o‘ynayapmiz. Asosiysi, natija emas. Turli taktik sxemalar shu o‘yinlar orqali sinab ko‘rilyapti. Raqib ham o‘ziga yarasha shakllangan. Taktik, texnik va jangovar jihatlarga ega. Bu jamoa uchinchi divizion vakili bo‘lishiga qaramasdan ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Yevropa futbolining havosi borligi sezilib turibdi.

— Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini hakida nima degan bo‘lardingiz?
— Antaliyadagi yig‘inimiz juda yaxshi o‘tyapti. Asosan jismoniy tayyorgarlik va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapmiz. Har xil taktik sxemalarni o‘yinlar orqali sinovdan o‘tkazyapmiz. Sharoitlarga keladigan bo‘lsak, barchasi a’lo darajada. Jamoa ichidagi muhit ham juda yaxshi. Futbolchilar mashg‘ulotlarda tinimsiz ravishda o‘zlarini ayamasdan bor kuchini sarflayaptilar.

— «Andijon» chempionatning ilk turini safarda OKMKga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Bu borada fikringiz qanday?
— O‘tgan yili ham bizga yetakchi jamoalardan biri to‘g‘ri kelgan. Bu yil ham yana yetakchilardan biri bilan o‘ynaymiz. O‘tgan yili isbotladikki, bemalol favoritlarga qarshi o‘ynay olamiz. Shuning uchun kim ro‘baro bo‘lishidan qat’iy nazar asosiy maqsadimiz faqat g‘alaba! O‘tgan yili yetakchilarga qarshi o‘ynab o‘zimizni ko‘rsata olganimiz bois jamoamizda g‘olibona ruh yaxshi shakllangan. O‘zimizga bo‘lgan ishonch ham yuqori.

— Shuningdek, «Andijon»ning Antaliyadagi sparring-raqiblari xususida nima degan bo‘lardingiz?
— Janubiy Koreya terma jamoasi yoqdi. Tezkor va hujumkor. Jismonan ham kuchli futbolchilardan iboratligi ko‘rindi. SSKAga qarshi uchrashuvda ham raqib yuqori darajadagi jamoa ekanligi bilinib turdi. Umuman olganda, o‘ynayotgan raqiblarimiz yaxshi taassurot qoldirmoqda.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 09:00, 11.02.2024.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.