Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» 3 futbolchining transferini e’lon qildi

«Andijon» 3 futbolchining transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Andijon" transferlarni amalga oshirishda davom etadi. Iqtidorli futbolchilar – Sherzod Esanov, Bektemir Abdumannonov va Abubakir Rejabboyev yangi mavsumda «Andijon» tarkibida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Muxlislarimizga yaxshi ma’lumki, Esanov «Andijon»ga 2022 yilgi mavsumda qo‘shilgan. O‘tgan yili esa birinchi davradan so‘ng «Olimpik» klubiga ijaraga berilgandi. Chempionat tugagach, uning shartnomasi yakunlandi. Ko‘rib turganingizdek, Sherzod yana «Andijon»ga qaytdi va yangi bitim imzolandi.

Esanov 2003 yilning 1 fevral kuni Navoiyda tavallud topgan. «Chig‘atoy»da futbol bilan shug‘ullangan. Aytish lozimki, Esanov o‘tgan yili yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo chempionatida terma jamoamiz safida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Jamoaning yana bir yangi a’zosi – Bektemir Abdumannonov 2002 yilning 12 iyul kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tavallud topgan. «Paxtakor» akademiyasida tahsil olgan va 2019 yili birinchi ligada to‘p surgan. 2020 hamda 2021 yillarda «Olimpik» sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng «Metallurg»ga ko‘chib o‘tgan va 2023 yil oxiriga qadar bekobodliklar uchun to‘p tepdi.

Abubakir Rejabboyev 2005 yilning 3 aprel sanasida Andijon tumanida tug‘ilgan.

2016 yili Andijondagi Sho‘rbuloq dahasida joylashgan futbol akademiyasiga kirgan va o‘sha yerda katta futbolga qadam bosgan. Rejabboyev so‘nggi ikki yil mobaynida «Andijon-SGS»da avvaliga birinchi liga, so‘ngra pro ligada to‘p tepdi. Iste’dodli himoyachi shuningdek, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 09:10, 12.02.2024.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик