Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Kanvon» menejeri Chan Vu Kim: «Andijon»ga qarshi uchrashuv juda foydali bo‘ldi»

«Kanvon» menejeri Chan Vu Kim: «Andijon»ga qarshi uchrashuv juda foydali bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Andijon» hamda «Kanvon» (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakuniga yetgach, «Kanvon» klubi menejeri Chan Vu Kim «Andijon» matbuot xizmatiga o‘yin to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin biz uchun yaxshi o‘tdi. Koreyada mavsum mart oyida boshlanadi. Biz bunga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz.

Ushbu jarayonda mana shunday o‘rtoqlik o‘yinlari muhim edi. Ayniqsa, sizning jamoangizga qarshi uchrashuv juda foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Chunki jamoangiz beshta himoyachi bilan o‘ynaydi va bunday jamoalarga qarshi to‘rt himoyachidan foydalanadigan o‘yin uslubini shakllantirib olish uchun mana shunday o‘rtoqlik uchrashuvi kerak edi. O‘yindan juda xursandman", — dedi mutaxassis.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 12:45, 13.02.2024.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик