Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

"Enfild" "Liverpul" uchun APL chempionligi yo‘lida asosiy qurol bo‘ladi

"Enfild" "Liverpul" uchun APL chempionligi yo‘lida asosiy qurol bo‘ladi

Baho:
+ | -

So‘nggi olti mavsumda "Liverpul" muxlislari "Enfild"ni shouga aylantirib tashlashdi. O‘z uylarida "qizillar" 107 uchrashuvda atigi bitta mag‘lubiyatga uchradi xolos.

2022-yil oktyabr oyida quyi zonadagi “Lids Yunayted” Jessi Marsh boshchiligida Klopp shogirdlarini "Enfild"da taslim etishni uddalashgandi. "Enfild"da "Liverpul" Yurgen Klopp qo‘l ostida deyarli yengilmas bo‘lib qoldi va o‘sha yerda, ularning baxtli joyida, yana bir Premyer-liga chempionligi uchun kurash shakllanmoqda. Shanba kuni "Byornli" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alaba oldinga yana bir qadam bo‘ldi, jamoa bu mavsumda o‘z uyida mumkin bo‘lgan 36 ochkodan 32 ochko to‘pladi. Yagona "muvaffaqiyatsizliklar" dekabr oyida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" bilan ketma-ket duranglar bo‘ldi.

Chempionlik uchun kurashdagi asosiy sinov “Manchester Siti”ga qarshi uy uchrashuvi bo‘ladi. O‘yinga bir oydan kam vaqt qoldi.

Ungacha hali beshta o‘yin bor, jumladan, “Uembli”da “Chelsi”ga qarshi Liga kubogi finali, ammo “Siti”ning to‘rtinchi chempionlikni qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “Liverpul” “Enfild”da deyarli mukammal yurishini davom ettirishi kerak degan fikr kuchaydi. 10-mart yakshanba kuni “shaharliklar” ustidan qozonilajak ehtimoliy g‘alaba Pep Gvardiola jamoasining bahorgi ajoyib o‘yinini hisobga olsak, eng yaxshi va ehtimol yagona umid bo‘lardi. 02/03 mavsumdan beri "Liverpul" o‘z muxlislari qarshisida "Siti"ni yenga olmagan. Ungacha stadion ham yangi holatda bo‘ladi.

"Byornli"ga qarshi bahsda 59,896 kishi ishtirok etdi va liga rekordini o‘rnatdi, kengaytirilgan "Enfild" stendining yuqori pog‘onasiga qo‘shimcha 3,000 o‘rin qo‘shildi. Olti oylik kechikishdan so‘ng birinchi marta deyarli to‘la bo‘lgan ulkan stadion "Siti"ga qarshi bahsga jiddiy tayyorlansa ajab emas. 

"Ajoyib, ey Xudoyim", dedi Klopp kattaroq quvvatning ta’siri haqida so‘ralganda – "Bu mutlaqo aql bovar qilmaydigan ko‘rinadi".

“Ushbu stadion har doim ajoyib bo‘lgan, lekin hozir u haqiqatan ham eng yaxshi - kerakli vaqtda juda baland. Endi muxlislarimiz yanada ko‘payganidan juda xursandman”, – dedi Klopp.

Bu muxlislar "Liverpul"ga Premyer-liga mavsumining so‘nggi 14 haftasida chempionlikni qo‘lga kiritishga yordam beradigan yuz foizlik narsa emas, ammo Kloppning "Enfild"dagi qolgan o‘yinlarida inkor etilmaydigan bayram tuyg‘usi mavjud.

"Siti"ning tashrifi Premyer-liganing qolgan yetti uy uchrashuvlaridan biri bo‘lib, yozda ketadigan murabbiy bilan uzoq xayrlashuv "Enfild" o‘yinlariga yanada ko‘proq hissiyot qo‘shadi.

Klopp 2015 yilning oktyabrida bu postga tayinlanganidan beri hech bir Premyer-liga jamoasini o‘z uyida mag‘lub etish bunchalik qiyin bo‘lmagan. Bu davrda “Manchester Siti” o‘z maydonida 16 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Keyingi o‘rinda 24 ta o‘yin bilan “Manchester Yunayted” joylashgan. "Qizillar"da esa bu ko‘rsatkich 11ni tashkil etadi. 

“Siti”dan tashqari “Luton”, “Brayton”, “Sheffild”, “Pelas” va “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinlar ham bor. Bu mavsumda ligada Klopp jamoasini (mehmonda) mag‘lub etgan ikkita jamoadan biri bo‘lgan "Tottenxem" may oyining birinchi dam olish kunlarida Premyer-liganing so‘nggi mehmonlari sifatida yana avvalgi ishini takrorlashga urinib ko‘radi.

"Byornli"ga qarshi so‘nggi g‘alabaning ahamiyati shundaki, "Siti" o‘sha kuni Premyer-liganing yuqori pog‘onasiga qaytdi.

Kiritildi: 19:13, 13.02.2024.
O'qildi: 1295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.