Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Hasan Turdialiyev: “Bir o‘yinimizdagi sharh uchun 300 ming so‘m to‘lanadi”

Hasan Turdialiyev: “Bir o‘yinimizdagi sharh uchun 300 ming so‘m to‘lanadi”

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sport sharhlovchisi Hasan Turdialiyev Zoir Tursunboyevning YouTube kanaliga bergan intervyusida otasi Davlat Turdialiyev, telekanaldan topadigan daromadi hamda O‘zbekiston terma jamoasidagi kamchiliklar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Sharhlovchi otasini qanday xafa qilgani haqida so‘zlagan.

“Dadam hech qachon so‘kmasdi. Kunlardan bir kuni spektakl tugagach ziyofat qildik va undan so‘ng uxlab qolibman. Yarim tunda uyg‘onib, uyga yugurganman. Uyga kelgach, otamdan so‘kish eshitganman. Bu birinchi va oxirgi eshitgan so‘kishim bo‘lgandi.

Hozir otamning sohasidaman. Ulardan juda ko‘p narsalarni so‘ragim keladi. Afsuski, otam endi oramizda yo‘q. Otam bilan birga sharhlaganman. Shukrki, bu narsa armon bo‘lmagan”, — deydi Hasan Turdialiyev.

Bundan tashqari Turdialiyev O‘zbekiston terma jamoasidagi kamchiliklarga ham to‘xtalib, murabbiylarning tez-tez almashtirilishi xato deb hisoblashini aytib o‘tgan.

“Biz bir murabbiyga ishonib, to‘liq davrni yakunlamasdan bo‘shatib yuboramiz. Masalan, hozirdanoq Katanesga iste’fo haqida savollar berildi. Bu xato deb hisoblayman. Ozgina sabr qilishimiz kerak”, — deydi Hasan.

Sharhlovchilar daromadi haqida ham odamlar turlicha fikrlar bildiradi. Hasan Turdialiyev ushbu savollarga ham javob berarkan, sharh va umumiy kasbidan topayotgan daromadini ochiqladi.

“Sharhlovchilar daromadi yashashga yetadi, ammo undan ortig‘iga emas. Bizning ikki soatlik bir o‘yinimizdagi sharh uchun 300 ming so‘m to‘lanadi. Ko‘rsatuvlar narxi bundan ham pastroq. Umumiy olganda, bir oylik daromadim 1000 dollarga yetmaydi. Mendan kamroq ko‘rsatuvlar tayyorlovchi xodimlar ancha kam pul topadi. Bu juda og‘riqli nuqtamiz”, — deydi Hasan Turdialiyev.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:28, 15.02.2024.
O'qildi: 4721 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик