Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

O‘FA va FIFA mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘FA va FIFA mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va Gi Kiala bilan texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Texnik rivojlanish bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq rejalarni tuzish, murabbiylar ta’limi, terma jamoalarni rivojlantirish, nufuzli yoshlar, ommaviy, bolalar, ayollar futboli va futzalini yangi bosqichga olib chiqish rejalarini muhokama qilish maqsadida FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va O‘FA texnik direktorligiga nomzod Gi Kiala bilan uchrashuv tashkil etildi.

«Yurtimizda futbol rivojlanishi hukumat darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimiz esa faoliyatimizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. O‘tgan yillar davomida ikkita yirik turnirga mezbonlik qildik. Joriy yil sentyabr oyida futzal bo‘yicha Jahon chempionatini ham o‘tkazamiz. Milliy terma jamoalar markazi qurib bitkazilishi uchun tizimli rivojlanish yo‘li bosib o‘tilmoqda. U yerda futbol infratuzilmasi, tibbiyot va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi. Agar barchamiz birgalikda ishlasak, ko‘zlangan maqsadga erisha olamiz», – dedi O‘FA birinchi vise prezidenti Ravshan Irmatov.

Shuningdek, texnik direktorlar, murabbiylarning zamonaviy futbolda tutgan o‘rni, bu yo‘nalishdagi tendensiyalar, ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan dasturlarini yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Yosh iqtidorli futbolchilarning professional futbolga qadar yetib borishini tizimli tashkil qilish va bunga ko‘maklashishning xalqaro tajribasi yuzasidan fikrlar almashildi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar bir qator yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda oldinda turgan rejalarni muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun, O‘FA texnik direktorligiga nomzod Gi Kiala Belgiya, Buyuk Britaniya, BAA va Saudiya Arabistonida murabbiy sifatida tajriba to‘plagan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:56, 15.02.2024.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик