Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Bundesliga. «Bavariya» ketma-ket uchinchi o‘yinda yutqazdi (videosharh)

Bundesliga. «Bavariya» ketma-ket uchinchi o‘yinda yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 22-turi doirasida «Bavariya» safarda «Boxum» klubi mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Jamol Musiala hisobni ochgandi. Biroq 38-daqiqada Takuma Asano va 44-Keven Shlotterbek tomonidan urilgan gollar evaziga mezbonlar oldinga o‘tib olishdi.

78-daqiqada esa Dayo Upamekano ishlatgan fol tufayli myunxenliklar darvozasiga penalti belgilangan bo‘lsa, himoyachi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Kevin Shteger 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 87-daqiqada esa Xarri Keyn bitta javob to‘pini kiritdi. Ammo "Bavariya" mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.

Tomas Tuxel jamaosi ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Jamoa avvalroq «Lasio» (0:1) va «Bayer»ga (0:3) yutqazgandi.

«Bavariya» Bundesliga jadvalida «Bayer»dan 8 ochko ortda qolmoqda.

Germaniya chempionati, 22-tur
Boxum – Bavariya 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 14 Musiala, 1:1 – 38 Asano, 2:1 – 44 Shlotterbek, 3:1 – 78, penalti Shteger, 3:2 – 87 Keyn.
Boxum – Rimann, Ermann (Gamboa, 46), Ordes, Shlotterbek, Bernardo, Mashovich, Losilla (Loosli, 90), Shteger, Asano (Ferster, 89), Antvi-Adjey (Kvarteng, 79), Broshinski.
Bavariya – Noyer, Mazraui (Upamekano, 33), de Ligt, Kim Min Chje, Gerreyru (Dayer, 79), Goretska, Kimmix (Saragosa, 63), Myuller (Tel, 79), Musiala, Shupo-Moting (Sane, 63), Keyn.
Ogohlantirishlar: Upamekano (39), Bernardo (45), Losilla (45), Goretska (50), Kim Min Chje (59).
Chetlatish: Upamekano (76).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:41, 19.02.2024.
O'qildi: 2882 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик