Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Klopp, Xavi, Tuxel... Iste’folarning bir-biridan farqi nimada?

Klopp, Xavi, Tuxel... Iste’folarning bir-biridan farqi nimada?

Baho:
+ | -

Tomas Tuxel haqidagi xabarlarni o‘qidingiz, eshitdingiz. U ham Klopp va Xavi singari mavsum oxirida jamoadan ketadi. Lekin bu uch murabbiyning taqdirlari naqadar turlicha: Biri muxlislar bosimidan, tanqidu e’tirozlardan to‘yib ketib, ketishini o‘zi e’lon qilgan bo‘lsa, biri sharafli faoliyatni chiroyli yakunlash niyatida, yarim yilda o‘ziga munosib murabbiy tanlashga imkon ulashib ketajagini aytdi.

Tuxelni esa "Bavariya" rahbariyati ketkazmoqda. Bu e’lon “Liverpul”dan ko‘ra "Barselona"nikiga yaqin: bo‘ldi, Tomasga yopishavermanglar, u ketadi, myunxenliklardan endi bosim ko‘tariladi, qabilida...

Ha, katta jamoalarning qismati bo‘lakcha. U yerga murabbiy bo‘lib borayotgan odam avvalo muvaffaqiyatsizlik oqibati nechog‘lik jiddiy bo‘lishini taxmin qilib borishi kerak. Doimo cho‘qqida yurgan klub ozgina yerga qulasa, muxlislar zardasi, rahbariyat bahonasi va yulduz o‘yinchilarning bu holatga tayyor bo‘lmagan holda Kimmixga o‘xshab o‘zlarini telbalarcha tutishini hisobga olmog‘i lozim.

Tuxel mavzusini shu bilan yopib turishadi. "Bavariya" "Lasio"dan o‘tmay qolsa, balki yana davom etar va Tuxel iste’fosi yana ko‘rib chiqilar, ya’ni hoziroq chiqish eshigi ko‘rsatilar. Ammo yangi murabbiyga ham tizgin qo‘ldan chiqib ketgan klubda oson bo‘lmasligi ko‘rinib turibdi.

Xullas, murabbiylar bir paytda ketishi mumkin jamoalarning qismati naqadar farqliligi bu mavsumning eng esda qolarli voqeasi bo‘lmoqda.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:42, 21.02.2024.
O'qildi: 2196 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.