Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 3-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

O‘zbekiston Xalqaro fijital sport federasiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat bo‘ldi

O‘zbekiston Xalqaro fijital sport federasiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozon shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston delegasiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim kelishuvlarga erishishdi.

Jumladan, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va O‘zbekiston fijital sport federasiyasi raisi Oleg Pekos boshchiligidagi mutasaddilar Rossiya Federasiyasi hukumat rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko hamda Xalqaro fijital sport federasiyasi prezidenti Rene Fazel bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Dmitriy Chernishenko Rossiyadan so‘ng ikkinchi bo‘lib O‘zbekistonda milliy fijital sport federasiyasining tashkil etilganini alohida ta’kidladi. O‘z navbatida, Rene Fazel Xalqaro federasiyaning rejalari va yangi loyihalari xususida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Oleg Pekos O‘zbekiston tomoni sport olamidagi bunday yangi tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan mamnun ekani, bir oy ichida federasiyada ahil jamoa tuzilib, ishlar jadal boshlab yuborilgani haqida gapirdi. Oybek Kasimov yurtimizda sport infratuzilmasining kuchayib borayotganini poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasi misolida so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng Xalqaro va O‘zbekiston fijital sport federasiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Xalqaro fijital sport federasiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan birinchi davlat bo‘ldi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:49, 23.02.2024.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик