"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos "Real"ga qarshi 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 26-tur uchrashuvida sardorga aylanadi, deb xabar beradi elchiringuitotv.
Manbaga ko‘ra, Ramos Xesus Navasdan bitta o‘yin uchun sardorlik bog‘ichini so‘ragan va u berishga rozi bo‘lgan. Serxio shu yo‘l bilan "Sevilya"ga sodiqligini ko‘rsatmoqchi.