Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Vitaliy Levchenko yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Vitaliy Levchenko yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

1 mart sanasidan Superligada O‘zbekiston chempionati boshlanadi. "Neftchi" yangi mavsumga Turkiyaning Antalya shahrida qariyb ikki oy tayyorgarlik ko‘rib qaytdi. 2 mart kuni jamoa Jizzax shahrida "So‘g‘diyona" bilan birinchi bahsga kirishadi. Chempionat oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

—Turkiyadagi yig‘inlar ko‘ngildagidek o‘tdimi?
—Antalyadagi tayyorgarliklar jamoaning murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida ko‘ngildagidek o‘tdi.

—Jamoa tarkibini yangi  mavsumga shakllantirish ishlari siz o‘ylaganday amalga oshdimi?
—Safimizga qo‘shilgan barcha yigitlar malakali futbolchilardir. Mavsumga tayyorgarlik mobaynida biz ularga jamoamizning rejalari va o‘yin strategiyasini to‘la singdirishga harakat qildik. Ishonamanki, yigitlar bizning niyatimizni amalda ro‘yobga chiqaradilar.

—Yangi mavsumda jamoa oldida qanday reja va vazifalar turibdi?
—Maqsad va niyatlarimiz har doimgiday yuksak va olijanob. Chunki, "Neftchi" azal-azaldan muxlislarni g‘olibona yurishlari va mahoratli harakatlari bilan mamnun etib kelgan. Bu mavsumda ham ana shu olijanob an’analar davom ettiriladi.

—Mavsum oldidan muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
—Tilagim shuki, jamoamizning o‘yinlari muxlislarimiz va ashaddiy jonkuyarlari orzu niyatlarini qondirishga munosib bo‘ladi. Ular hamisha o‘yingohdan xursandchilik va olqishlar bilan chiqishadi.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:23, 27.02.2024.
O'qildi: 1444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.