Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Golli uzatma qirollari

Golli uzatma qirollari

Baho:
+ | -

Transfermarkt internet-portali so‘nggi 10 yil ichida top-5 chempionatlarda eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Keling, sizlarga reytingning yuqori beshligidan o‘rin olgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

5-o‘rin - Neymar

Hozirda faoliyatini Saudiya o‘lkasida davom ettirayotgan Neymar "Barselona" va "PSJ" safida to‘p tepib yurgan vaqtlarda gollar bilan birga juda ko‘p golli uzatmalarni ham amalga oshirgan. Braziliyalik qanot vingeri so‘nggi 10 yil davomida Ispaniya va Fransiya chempionatining jami 336 ta o‘yinida maydonga tushib, 141 ta golli pas berishga ulgurdi. Ehtimol, u "Barsa"dan ketmaganida bu ko‘rsatkichlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi...

4-o‘rin - Anxel Di Mariya

Argentinalik qanot hujumchisi ko‘p ham tilga olinmasada o‘zi harakat qilgan jamoalarida juda foydali ishlari bilan ajralib turgan. U top ligalarda "Real", "MYU", "PSJ" va "Yuventus" safida 397 ta bahsda 155 bor sheriklariga gol urish imkonini yaratib bergan. 36 yoshli futbolchi hozirda "Benfika" a’zosi hisoblanadi va katta ehtimol bu uning Yevropadagi so‘nggi klubi bo‘ladi.

3-o‘rin - Tomas Myuller

Uzoq yillar davomida "Bavariya"ning almashtirib bo‘lmas futbolchisi bo‘lgan Myuller reytingda 3-o‘rinni egalladi. U "qizil mashina" uchun 461 ta o‘yinda 183 ta golli pas bergan. Tomasning 34 yoshda ekanligini hisobga olsak, u bu natijasini 200 taga yetkazib qo‘yish uchun harakat qilsa bo‘ladi.

2-o‘rin - Kevin De Bryuyne

Belgiyalik iqtidor egasi ayni vaqtda jahonning eng yaxshi pleymeykeri desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. U 5 oylik jiddiy jarohatidan tuzalib, safga qaytganidan so‘ng o‘zining pik formasini tiklab olmoqdi. U Angliya kubogi doirasidagi so‘nggi o‘yinda Erling Xolandga bir o‘yinning o‘zida 4 ta golli uzatma berganini ham qayd etish lozim. 32 yoshli hujumchi so‘nggi 10 yilda "Volfsburg" va "Manchester Siti" uchun 441 ta o‘yinda 202 ta golli uzatma bergan. Ko‘p ehtimol u keyingi 1-2 o‘yinda bu borada reyting peshqadamiga aylanib oladi. Agarda kelasi yozda KDB Saudiya klublaridan biriga o‘tib ketib qolmasa kamida yana 2-3 yil davomida "shaharliklar"ning hujumini o‘zining superpaslari bilan ta’minlab tura oladi.

1-o‘rin - Lionel Messi

Messi nafaqat gollar uradi, balki golli uzatmalarni ham maromiga yetkazib bera oladi. Uning asosiy vazifasi gol urish bo‘lganiga qaramay sheriklarini deyarli har o‘yinda gol urish uchun kamida 3-4 bor yaxshi vaziyatga chiqarib yubora oladi. Messi so‘nggi 10 yillikda "Barselona" va "PSJ" uchun 458 ta bahsda 203 ta assist bergan. Yuqorida De Bryuyne kelasi o‘yinlarda bu reytingda Messidan o‘tib ketishi haqida bekorga ta’kidlamagan edik.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:41, 29.02.2024.
O'qildi: 2195 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.