Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Vadim Abramov: "Bugungi o‘yinimiz umuman yoqmadi"

Vadim Abramov: "Bugungi o‘yinimiz umuman yoqmadi"

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov himoyadagi kamchiliklar, xatolar, raqib va chempionat starti haqida fikr bildirdi.

"Bugungi ko‘rsatgan o‘yinimiz umuman yoqmadi. Bugun jamoamni maydonda umuman taniy olmadim. Himoyachilar zarur bo‘lmagan vaziyatlarda xato qilishdi. Raqibga gol urish uchun imkon berdik. Bunday raqib bilan o‘yinda bunday xatolar qilish yaramaydi.

Negadir himoyaga yotib oldik. Hujumchilarimiz hujumda emas orqada o‘ynashdi. Birinchi o‘yin ekanligi uchun hayajonlanishdimi, bilmayman. Raqib bizga imkon bermadi. Himoyachilarimiz darvozamizga juda yaqinroq o‘ynashdi va hujumchilarimiz buning evaziga ortga qaytib o‘ynashga majbur bo‘lishdi. Bu o‘zaro tushunmovchilik. Bugun Samarqanddan kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan kechirib so‘rayman. Ular bizdan ko‘proq narsa kutishgandi.

"Navbahor" haqida nima deyishim mumkin. Bugun bizni yutishdimi, demak hozir ular bizdan kuchliroq. Mavsum endi start oldi, bashorat qila olmayman. Yana bir necha tur o‘tsa keyin favoritlar haqida fikr bildirish mumkin.

O‘yingacha muammolar bor edi. Masalan, braziliyalik legionerimiz kutilmaganda jarohat olib qanchadir muddatga safdan chiqdi. O‘yin uslubimizni u orqali qurish borasida ishlanmalar bor edi. Bu ham biz uchun kutilmagan muammo bo‘ldi", - dedi Abramov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:04, 02.03.2024.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик