Germaniya Bundesligasining 24-turi doirasida Dortmundning “Borussiya” klubi safarda “Union Berlin”ni mag‘lub qildi – 2:0.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Karim Adeyemi hisobni ochdi. Yakunda Yan Matsen mehmonlar ustunligini mustahkamladi.
"Borussiya" (44 ochko) Bundesligada to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “Union” (25) turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.