Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ivan Boshkovich: "Boshqacha natija kutgan edik"

Ivan Boshkovich: "Boshqacha natija kutgan edik"

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Neftchi" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun boshqacharoq natija kutgandik. Albatta, mag‘lubiyatga uchrash yoqimsiz. O‘yin ancha qiziqarli kechdi. Raqib kuchliroq edi. Uyda o‘ynaganda bunday gollar o‘tkazish yaxshi emas. Raqibga imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi. Neftchi darvozamiz oldida deyarli vaziyatlar yaratmadi, ammo minimal imkoniyatlarini golga aylantira olishdi.

Xatolarni tahlil qilamiz va keyingi bahslarda bunday xatolar qilmaslikka intilamiz. Hali mavsum endi boshlandi. Kimning imkoniyati qanday ekanligini baholashga erta", - dedi Boshkovich.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:58, 03.03.2024.
O'qildi: 1035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик