Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya 1-0 Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona 1-0 Osasuna
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

Prevyu: «Metallurg» – «So‘g‘diyona»

Prevyu: «Metallurg» – «So‘g‘diyona»

Baho:
+ | -

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 44 ta o‘yin o‘tkazgan: 17 tasida bekobodliklar, 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar zafar quchgan. 9 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 61:58, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yildi o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 14 g‘alaba, 3 durang, 5 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 34:22.

Bekobodda o‘tgan oxirgi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

30.08.2023 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:1
18.09.2022 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:1
05.05.2021 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:2
12.07.2020 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
18.10.2019 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:1

“So‘g‘diyona” haqida

“So‘g‘diyona” FKga 1970 yilda asos solingan. Jamoa turli yillarda DSK,  “Mehnat”,  “Jizzax”, “Irrigator”, “Bo‘ston”, “Zvezda”, “Yoshlik” nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. 1990 yildan “So‘g‘diyona” nomini oldi va milliy chempionatimizda ishtirok etib kelayapti. Bir martadan kumush va bronza medali sazovor bo‘lgan.

4 marta jamoa kuchlilar safini tark etib, har safar bir yillik tanaffusdan keyin oliy ligaga qaytgan. Jamoaning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchisi Aleksey Jdanov - 18 ta gol (1998 yil). 2022 yilda “So‘g‘diyona” ilk marta OFK kubogida qatnashib, pley-offga chiqishga erishdi.

“So‘g‘diyona” kuchlilar safida bugungacha 823 ta uchrashuv o‘tkazgan: 281 ta g‘alaba, 158 ta durang, 384 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati: 1031:1303. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (1992 yil, “Surxon”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 1:8 (2000 yil, “Do‘stlik”), 0:7 (1996 yil –  “Navbahor”, 2009 yil – “Neftchi”, 2015 yil – “Lokomotiv”).

"Metallurg" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi 8-mart kuni soat 15:00 da Olmaliq shahridagi "OKMK sport majmuasi"da boshlanadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:14, 07.03.2024.
O'qildi: 822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.