Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Usmonali Ismonaliyev: “Muhammadkarim bilan og‘ir kunlarimizda bir-birimizni qo‘lladik, yonma-yon bo‘ldik”

Usmonali Ismonaliyev: “Muhammadkarim bilan og‘ir kunlarimizda bir-birimizni qo‘lladik, yonma-yon bo‘ldik”

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Andijon” - “Bunyodkor” uchrashuvida qizil kartochka olgan “qaldirg‘ochimiz” vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Muhammadkarim bilan yoshlikdan katta bo‘lganmiz, uch yil bitta jamoada to‘p surdik. Og‘ir kunlarimizda bir-birimizni qo‘lladik, yonma-yon bo‘ldik. Oilaviy bordi-keldimiz bor. Qisqasi, u bilan aka-ukadek yaqinmiz, qalinmiz. Uchrashuvdan avval ham Toirov bilan ancha suhbatlashdik, hazillashdik.

Golimiz VARda tekshirilayotganda Muhammadkarim bilan hazillashdik. Boshqa jiddiy gap yo‘q. Vaziyatni chuqurlashtirish, muammo izlash, vahima ko‘tarish shart emas. Agar o‘sha hazilim uchun qizil kartochka ko‘rsatilishini bilganimda Muhammadkarimni oldiga umuman yaqinlashmasdim. Xo‘p, men chetlatildim, vaziyatni qo‘rqinchli qilib ko‘rsatish, Toirovni yiqitib, uni yotgan joyida tepish shart emas. Hakam cho‘ntagidan kartochka chiqardi, fikridan qaytmaydi. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi, insoniylik ikkinchi “planga” tushdi, e’tiroz yo‘q, ammo yana qaytaraman, vaziyatni vahimali ko‘rsatishga harakat qilish noto‘g‘ri.

Toirov o‘sha vaqtda hakamga qizil kartochka ko‘rsatmang demoqchi edi, ulgurmay qoldi, chunki uni yiqitishdi. Buning uchun o‘zi mendan uzr so‘radi. Aslida meni xafa qilgani boshqa narsa, hisob tenglashguniga qadar o‘yindagi ustunlik biz tomonga o‘tayotgan edi, maydondan chetlatilganimdan so‘ng hammasi o‘zgarib ketdi. Shunisi alam qildi. Chetlatilganimdan so‘ng kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldim, tanaffusga qadar o‘yin biz uchun teskari ko‘rinish oldi. Shundan keyin chetlatilganim jiddiy tarzda alam qildi. O‘zimni hammasiga aybdorlik hissi qamrab oldi. Ehtiyotsizligim uchun muxlislar va murabbiylar shtabidan uzr so‘rayman!

Kiritildi: 05:20, 11.03.2024.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик