Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Gasperini: "Inter"ning chempionatda yaqqol ustun ekanligiga shubha yo‘q"

Gasperini: "Inter"ning chempionatda yaqqol ustun ekanligiga shubha yo‘q"

Baho:
+ | -

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini "Inter"ning kuchiga shubha qilmayapti.

Bergamoliklar bugungi o‘yinda “Yuventus” bilan ochko bo‘lishdi – endi turinliklar bilan peshqadam “Inter” o‘rtasidagi farq 17 ochkoga yetdi.

Yaqin-yaqingacha Massimiliano Allegri jamoasi skudettoga jiddiy da’vogarlik qilgandi, ammo so‘nggi o‘yinlar natijalari A Seriya chempionligi poygasiga nuqta qo‘ygandek bo‘ldi.

Bundan tashqari, "byankoneri"lar endilikda bir ochkolik farq bilan "Milan"dan ham ortda qolmoqda.

"Inter"ning chempionatda yaqqol ustun ekanligiga shubha yo‘q", - dedi Gasperini "Yuventus"ga qarshi o‘yindan keyin. - Bu juda adolatli ko‘rinadi. "Milan" va "Yuventus" ajoyib jamoalar, kuch jihatidan teng", - deya "Atalanta" bosh murabbiyining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Kiritildi: 06:12, 11.03.2024.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик