Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

Asror Aliqulov: "O‘tgan yilgi tarkibimizdan to‘rt nafar futbolchi bizga qarshi o‘ynadi"

Asror Aliqulov: "O‘tgan yilgi tarkibimizdan to‘rt nafar futbolchi bizga qarshi o‘ynadi"

Baho:
+ | -

Pro liganing 1-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida...

- Pro liga starti bilan barchani tabriklayman. Raqibni yaxshi bilganimiz uchun ularga erkin o‘ynashga imkon bermadik. Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo so‘nggi daqiqalarda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Humoyun Murtozayev o‘yin so‘ngida qulay vaziyat yarata oldi, biroq raqib jarima maydoniga kirgach, yiqilishga bo‘lgan ishtiyoq kuchayib ketdi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Hujumchi oxirgi zarbani yo‘llashni birinchi maqsad deb bilishi kerak.

- Legionerlarga oxirgi 10 daqiqada imkon berildi. Bu ular uchun kam emasmi?

- Ular ilk navbatda ko‘nikma hosil qilib olishi kerak. "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinda himoyada ishonchli o‘yinchilar kerak edi. Babatunde kabilar esa hujumkor o‘yinchi, shu bois, ularga ikkinchi bo‘limda imkon berishni reja qilgandik. Ular unumli foydalandi.

- O‘tgan mavsum Petrov, Georgadze, Akromov, No‘’monov kabi futbolchilar yaxshi taassurot qoldirishgandi. Ularni boshqa jamoaga qo‘yib yuborilishiga sabab nima?

- Kimningdir shartnoma muddati tugadi. Ularga boshqa jamoalardan yuqori maosh evaziga taklif bo‘lgandi. Shu bois, ularni olib qolish qiyin edi. Petrovni esa klub sotish qaroriga keldi. Qolganlarni shartnoma muddati yakunlandi. "Qo‘qon-1912" o‘z oldinga yuqori maqsad qo‘ygan. Shuning uchun, ular taklif qilgan mablag‘ ham yuqori edi.

- Bu yilgi mavsumdagi legionerlarning o‘tgan yilgiga qaraganda saviyasi qay darajada farq qiladi?

- O‘tgan yilgi bilan hozirgilarning pozisiyalari farq qiladi. Yangi kelganlarning jismoniy holatini oshirishga harakat qilyapmiz. Ularda yetarli o‘yin amaliyoti bo‘lmagan.

- Jamoa oldiga qanday maqsad qo‘yilgan?

- Klub mavqeidan kelib chiqib, kurash olib boramiz. Bizda kam maosh olayotgan, yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilar bor, biroq bu bizni qiziqtirmaydi, oxirigacha kurashamiz. O‘tgan yilgi tarkibimizdan to‘rt nafar futbolchi bizga qarshi o‘ynadi. Biz grand jamoa deyishimiz to‘g‘ri bo‘lmas. Yangi jamoani shakllantirish osonmas. Lekin Superligaga chiqish uchun kurashamiz.

- Yangi shakllangan jamoa siz kutgan o‘yinni namoyish yeta olishdimi?

- Quvontirgani, futbolchilarning oxirigacha kurashgani. Raqib biz kutgandek o‘ynadi. Bo‘shliqlarimiz bor. Mashg‘ulotlarda ishlaganlarimizni maydonda to‘liq bajara olmadik.

- O‘yin qaydnomasiga Zoir Tursunov nega kiritilmadi?

- Zoir Tursunov ko‘p vaqt jarohatdan tiklanish bilan mashg‘ul bo‘ldi. U 3 hafta avval mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Shu bois, u tayyor emas, unga vaqt kerak.

- Superliga yo‘llanmasi uchun kurashadigan jamoalar safiga "Qo‘qon-1912"ni ham kiritasizmi?

- Albatta. "Sho‘rtan", "Buxoro" kabi jamoalar nomdor o‘yinchilarni yig‘ib olishdi. Biroq, baribir, Superligada bu tarkib bilan kurashish qiyin" - dedi Aliqulov.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 21:42, 12.03.2024.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz