Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Taekvondochilarimiz to‘liq tarkib bilan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishdi

Taekvondochilarimiz to‘liq tarkib bilan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishdi

Baho:
+ | -

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi mas’uliyatli davr - Parij-2024 Olimpiadasi siklining kvalifikasion bosqichini katta muvaffaqiyat bilan tugatmoqda. Jamoa oldiga qo‘yilgan birinchi vazifa maksimal darajada bajarildi. Hamyurtlarimiz 100 foizlik natija ko‘rsatib, Fransiya poytaxti mezbonlik qiladigan Olimpiadaga 4 ta lisenziyani qo‘lga kiritishdi.

Avvalgi Olimpiada sikllarida ko‘pi bilan 1 nafar taekvondochimiz reyting orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘l olgan bo‘lsa, bu gal ilk bor 2 nafar hamyurtimiz kuchli beshlikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, yana bir nechta sportchilarimiz litsenzion hududga juda yaqin kelishdi. Olimpiada reytingining yakuni natijalar avvalgidan ancha o‘sganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ketma-ket ikki jahon chempionati 4 ta medal bilan yakunlangani ham Parij-2024 siklida O‘zbekiston terma jamoasi nafaqat Osiyo, balki dunyo taekvondosida kuchlilar qatorida e’tirof etilishini ifodalaydi.

Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) 2023 yil yakunida e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanishdi. Shu bois O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyda o‘tayotgan qit’aviy litsenzion turnirga 1+1 shaklida, ya’ni 1 nafardan erkak va ayol sportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi. Tanlab olingan sportchilar Jasur Jaysunov (-80 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) bildirilgan ishonchni oqlashdi. Bugun ular berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, jamoamiz yo‘llanmalari sonini 4 taga yetkazishdi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham taekvondochilarimiz to‘liq tarkibda ishtirok etishgan edi. Ushbu natija bu gal ham takrorlanib, O‘zbekiston taekvondo bahslarida Fransiyaga to‘liq tarkib bilan yo‘l oladigan kam sonli delegasiyalardan biriga aylandi. Darvoqe, taekvondochilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi dasturiga ko‘rgazmali yo‘nalish sifatida kiritilgan aralash jamoaviy bahslarda ham qatnashadigan dunyodagi 4 jamoadan biri hisoblanadi.

Demak, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan taekvondochilarimiz ro‘yxati quyidagicha:

-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Jasur Jaysunov
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:21, 15.03.2024.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.