Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Timur Kapadze: «Mag‘lubiyatni yomon ko‘raman»

Timur Kapadze: «Mag‘lubiyatni yomon ko‘raman»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona»ga qarshi uchrashuv (2:2)dan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarganimizdan hursandman, qiyin holatdan chiqib ketdik. G‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. O‘yin oxirida ochiq futbol ko‘rdik. Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi deya olaman. Qayerdadir xatolar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo yigitlardan qoniqdim. Qiyin uchrashuvda bir ochko qo‘lga kiritdik. FIFA kunlarida terma jamoaga e’tibor qaratamiz.

— «Olimpic» qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Shu holatda «So‘g‘diyona» qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi deb hisoblaysiz?

— Ikkala jamoa ham kechagi noqulay havo sabab mashg‘ulot o‘tkaza olmadi. Lekin raqib o‘yinga juda yaxshi tayyorlangani sezildi. Birinchi golda himoyachimiz xatoga yo‘l qo‘ydi, o‘sha yerda yaxshiroq o‘ynashi ham mumkin edi. Bu futbol. Mavsum boshida hammada xato bo‘ladi. Bu tabiiy holat. «So‘g‘diyona» ham bu holatdan yaxshi chiqib ketadi deb o‘ylayman. Biz ham o‘yindan o‘yinga ochilib boramiz. Raqibning oxirgi ikki o‘yinini o‘rganib chiqqandik. Bu o‘yinlarda «So‘g‘diyona» boshqa taktikada o‘ynagandi. Bizdan kelib chiqib bugun umuman boshqa taktikada harakat qilishdi. Raqibga omad tilayman. Kamchiliklarga kelsak, raqib murabbiyi bu o‘yindagi kamchiliklaridan kerakli hulosa chiqaradi. Bugun eng muhimi muxlislar uchun yaxshi o‘yin bo‘ldi.

— Sizni juda tartibli murabbiy deb bilamiz. Bugungi o‘yinda esa juda ko‘p marta hakamlarga va o‘z shogirdlaringizga e’tiroz bildirdingiz. Bunga qanday izoh berasiz?

— Bugun men ham maydonda edim. Qayerdadir qizishib ketasiz, qayerdadir nimadir o‘xshamaydi. Balki, hakamlarga vaziyat boshqacha ko‘rinayotgandir. Men ham ancha yil futbol o‘ynaganman. O‘yindagi vaziyatlarni yaxshi tushunaman. Shu sabab ham qayerdadir e’tiroz qilishim tabiiy holat. Ikkinchi golda menimcha to‘p futbolchining qo‘liga tekkandi. Fol bor edi. Bu vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Menda VAR yoki takroriy vaziyat yo‘q edi. Hakamlar qo‘mitasi ham bu vaziyatlarni ko‘rib chiqadi. Hech kim yutqazishni xohlamaydi. Balki, ba’zi holatlarda ko‘proq qizishib ketgandirman. Mag‘lubiyatni yomon ko‘raman. Bu normal holat. Qayerdadir nohaqliklar bo‘lsa, bunga chiday olmayman. Har bir o‘yinga juda ko‘p tayyorgarlik ko‘ramiz. Ancha ish olib boriladi, mashg‘ulotlar, nazariya darslari o‘tiladi. Maydonda ikki jamoa ham g‘alaba uchun chiqadi. Qaysidir epizodda hakamlar qilgan xatolar biz uchun juda og‘ir botadi. Ba’zi vaziyatlarni hisobga olmasak, hakamlar o‘yinni yaxshi boshqardi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 07:04, 16.03.2024.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик