Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sherzod Esanov: «Jamoam bilan faxrlanaman»

Sherzod Esanov: «Jamoam bilan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi Toshkentda «Surxon»ga qarshi uchrashuvda navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yindagi birinchi golni iqtidorli yarim himoyachi Sherzod Esanov kiritganidan xabaringiz bor. U penaltidan hisobni ochdi va bu uning «Andijon» tarkibidagi debyut goliga aylandi. O‘yindan so‘ng Esanovga bir qator savollar bilan yuzlandik.

— Sherzod, o‘yin sizda qanday taassurot qoldirdi? Siz kutgandek kechdimi?
— Superligada oson raqibning o‘zi yo‘q. Har bir o‘yinga yetarli darajada tayyorlanish kerak, deb o‘ylayman.

— Uchrashuvda penaltidan gol urdingiz. O‘yindan oldin murabbiy sizga penalti tepishingizni aytganmidi? Har xolda sizni penalti tepishingizni ilk bor ko‘rdim…
— Uchrashuvdan oldin murabbiylarimiz kim penalti tepishga ishonchi bo‘lsa shu tepsin deyishgandi. O‘sha vaziyatda jamoamiz sardori Vladimir Bubanya meni oldimga kelib, «Sher o‘zingga ishonyapsanmi», dedi va men ha albatta, deya to‘pni oldim, gol urdim.

— Shuningdek, «Andijon» tarkibidagi ilk golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?
— Albatta, xursandman. Gollar futbolchini o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi.

— 0:3 dan keyin o‘yin yakuniga qadar hisob 2:3 ga o‘zgardi. Uchrashuv oxirida sizda xadik sezildimi? Nima uchun bunday bo‘ldi?
— Oxirgi 15 daqiqa o‘yinni raqibga berib qo‘ydik. Juda ham bo‘sh o‘ynadik. Bunga sabab 3 ta gol bilan oldinga o‘tib ketganimiz deb o‘ylayman. Nima bo‘lganda ham g‘alaba qozondik. Endi bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaymiz. Jamoam bilan faxrlanaman, hamma maydonga bor kuchini tashladi.

— «Andijon» dastlabki uchta turda 2 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. Bu qoniqarlimi? Fikringiz qanday, start bo‘yicha?
— Menimcha, yomon emas. Biz onlayn turnir jadvalida 2— o‘rindamiz va bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz.

— Keyingi turda «Nasaf»ni qabul qilamiz. Kuchli raqibga qarshi o‘yindan nima kutyapsiz va qanday qilib yutsa bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
— Albatta, murabbiylarmiz tomonidan beriladigan vazifani bajarishga harakat qilamiz. O‘z uyimizda muxlislarimizni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va ishqibozlarimizni yana quvontiramiz, Xudo xohlasa.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 16:42, 17.03.2024.
O'qildi: 1324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик