Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Bayer»da bosh qahramon kim?

«Bayer»da bosh qahramon kim?

Baho:
+ | -

Bundesliganing 24-turidan keyin «Bayer» o‘zining peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamlab oldi.

Safarda «Kyoln»ga qarshi to‘p surgan «dorishunoslar» Frimpong (37) va Grimaldoning (73) aniq zarbalari evaziga ortiqcha qiyinchiliksiz navbatdagi 3 ochkoni o‘z jamg‘armalariga qo‘shib qo‘yishdi. Boz ustiga, maydon egalariga o‘z darvozalari tomon loaqal bir marta aniq zarba yo‘llash imkoniyatini berishmadi. Ta’qibchiga aylanib qolgan amaldagi chempion esa «Frayburg» maydonidan bir ochko (2:2) bilan qaytdi. Natijada marraga 9 «qadam» qolgan pallada o‘rtadagi ochkolar tafovuti 10taga teng holatda turibdi.

Hozirda barcha muxlisu-mutaxassislar Bundesligada chempionlik masalasi hal bo‘ldi, degan xulosaga kelishgan. Boz ustiga, Myunxen grandi kumush medallardan ham chetda qolishi mumkin, 3-pog‘onadagi «Shtutgart» bilan o‘rtadagi farq bor-yo‘g‘i 4 ochko, xolos. «Rekordmayster» kutilmaganda chempionlik poygasidan tushib qoldi. Biroq buning sababchisi faqat u emas.

Bundesliganing joriy mavsumdagi bosh qahramoni - 25 uchrashuvli mag‘lubiyatsiz seriya muallifi bo‘lib turgan «Bayer». Hozir «dorishunoslar» jamoasida mukammal tarkib shakllangan, barcha pozisiyalarning o‘z qahramonlari bor. Shunday iqtidor sohiblaridan biri - Florian Virs. 20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalar hisobidan 34 marta maydonga tushib, jamoaga 10ta gol va 19ta samarali uzatmani tuhfa etdi.

Navqiron xavbek o‘zining eng muvaffaqiyatli mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsa, ajabmas. Germaniyalik iqtidorning kelajagi jarohat olganidan keyin shubha ostiga tushib qolgandi. Biroq Florian hozir yanada samaraliroq to‘p surmoqda, «dorishunoslar»ning asosiy uzatmashunosi, Bundesligada yetakchi Leroy Sanedan keyingi o‘rinda bormoqda.

Tabiiyki, Virs o‘zining sermazmun va asosiysi, sermahsul ishtiroki bilan top-klublar e’tiborini o‘ziga tortmoqda, jumladan, «Bavariya»ning. Shuningdek, «Real» va «MYU» ham befarq emasliklari xususida gap-so‘zlar ham yo‘q emas. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga binoan, xavbek yangi mavsumni ham Leverkuzen klubida o‘tkazadi. Darhaqiqat, chempionlikdan keyin (agar taxminlar haqiqatga aylansa, albatta) jamoani tark etish ajablanarli qaror bo‘lardi. Mabodo «Bayer» deyarli naqd bo‘lgan sovrinni qo‘ldan chiqarsa, hech kim Virsning yo‘lini to‘sa olmaydi.

G‘oliblik da’vogarlik qilayotgan jamoaning yana bir muhim o‘yinchisi - Viktor Bonifase. O‘tgan yil yozida «Yunion»dan 20,5 mln. yevroga xarid qilingan nigeriyalik futbolchi Bundesligadagi eng zo‘r mavsumini o‘tkazmoqda. 23 yoshli hujumchi hozirga qadar ichki chempionatning 16 uchrashuvida ishtirok etib, raqiblari darvozasini 10 marta ishg‘ol etdi, 7 marta jamoadoshlarini samarali uzatmalar bilan ta’minladi. Agar Viktor ham jarohat tufayli bir qator o‘yinlarni o‘tkazib yubormaganida, ko‘rsatkichlar yanada yaxshiroq bo‘lishi aniq edi. Uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida «dorishunoslar» «Betis»dan Borxa Iglesiasni xarid qilishdi, biroq bu transfer kutilgan samarani bermayapti.

«Bayer» o‘zining eng yaxshi to‘purari maydonga maydonga tushmagan o‘yinlarda ham sermahsul to‘p surmoqda. Bu borada jamoaga qanot himoyachilari - Alexandro Grimaldo va Jeremi Frimponglar yaqindan yordam berishmoqda. Portugaliyalik futbolchi hozirga qadar 18 ball (9Q9) jamg‘ardi. Bu uning faoliyatidagi eng sermahsul mavsum. Qolaversa, mavsumning 1|3 qismi hali oldinda. Qizig‘i shundaki, leverkuzenliklar Grimaldoni suv-tekinga - erkin agent maqomida o‘z saflariga qo‘shib olishgan. Frimpong hisobida 8ta gol va 6ta samarali uzatma bor. Shu ketishda Jeremi o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichdan o‘zib ketishiga shubha yo‘q.

«Dorishunoslar» uchun Granit Jaka ham katta ahamiyatga ega o‘yinchi. Taajjubki, «Arsenal» uchun keragi bo‘lmay qolgan tajribali yarim himoyachi Leverkuzenda juda asqotmoqda. Granit samarali o‘yin ko‘rsatishdan tashqari, yosh iqtidorlarga maydonda ham, uning tashqarisida ham katta yordam bermoqda. Qo‘shimchasiga, nemis futboli Jaka uchun notanish emas. Bundan tashqari, Londonda armon bo‘lib qolgan orzusini Leverkuzenda bemalol amalga oshirmoqda. Ya’ni, «to‘pchilar» safida faqat himoya chizig‘ida to‘p surgan bo‘lsa, endi hujumda harakat qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

«Bayer»dagi ana shu ijobiy o‘zgarishlar ta’sirida yuzaga kelgan shiddatli parvozning bosh me’mori - tabiiyki, Xabi Alonso. Taajjubki, ispaniyalik yosh mutaxassis o‘zining bosh murabbiy lavozimidagi faoliyatida ilk marta «Bavariya»dek gegemonni taxtdan tushirishga tobora yaqinlashib bormoqda. Ha, ishonch bilan odimlamoqda. Vaholanki, u «dorishunoslar»ni qabul qilgan pallada jamoa autsayderlar guruhiga yaqin bo‘lgan, muvaffaqiyatga umid yo‘qdek tuyulgandi. Biroq o‘sha tahlikali bosqich ortda qoldi, jamoa ichki chempionatda marraga 6-o‘rinda yetib kelgan, YELda esa yarim finalda imkoniyatni boy bergandi. Shu jamoa joriy mavsumda faqat shohsupani ko‘zlamoqda, YELda esa xuddi «Liverpul» kabi favorit maqomida kurashni davom ettirmoqda.

Alonsoning muvaffaqiyatli faoliyatiga top-klublar mutasaddilari befarq emaslar. Hozirning o‘zida ispaniyalik mutaxassisni qo‘lga kiritish uchun «Liverpul» va «Bavariya» o‘rtasida qizg‘in kurash ketmoqda. Yozda da’vogarlar soni yanada ko‘payib ketishi mumkin. Garchi turli mish,mishlar Xabini qulog‘ini qizitmay qolmasada, uning asosiy e’tibori joriy mavsumga qaratilgan. Bu esa murabbiy uchun qo‘shimcha motivasiya - jamoasi bilan chempionlikka erishib, top-klubga g‘olib maqomida yo‘l olishning gashti o‘zgacha. Balki u Leverkuzenda qolishni afzal ko‘rar, qachonki, tarkibdagi yetakchi o‘yinchilarni saqlab qolsa va bir nechta saviyali iqtidorlar bilan tarkibni yanada kuchaytirishni uddalay olsa.

Xullas, «Bayer»ning yangi mavsumdagi holatini hech kim bilmaydi. Ehtimol, jamoa hozirgidek qudratini saqlay olmas. Tarkibini eng yaxshi hujumchilarning biri bilan kuchaytirganidan keyin taxtni bo‘shatishga majbur bo‘lgan «Bavariya» ham jim turmasligi aniq. Shu sababli, «dorishunoslar» o‘z ustunliklari va raqiblaridagi pasayishdan maksimal darajada foydalanishlari lozim. O‘z tarixida yangi sahifani ochgan «Bayer»ni yo tarixiy muvaffaqiyat, yoki tarixiy omadsizlik kutmoqda.

 Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 16:00, 22.03.2024.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.