Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Meshal Barsham: «Akamni namuna o‘rnida ko‘rib, u kabi oldinga intildim»

Meshal Barsham: «Akamni namuna o‘rnida ko‘rib, u kabi oldinga intildim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

Osiyo chempionati-2023 g‘olibi va turnirning eng yaxshi darvozaboni Meshal Barsham JCH-2026|OK-2027 qo‘shma saralashidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar arafasida FIFA rasmiy saytining intervyu haqidagi so‘roviga ijobiy javob berdi.

Mahoratli kiper shu tariqa Qatar milliy jamoasi muvaffaqiyatiga to‘xtaldi, JCH-2022 taassurotlarini yodga oldi va navbatdagi kvalifikasion jarayon haqida fikr bildirdi.

- Qatar milliy jamoasi so‘nggi bir necha yil davomida qit’a futboli shohsupasidan tushmayapti. Ayting­chi, Osiyo kubogidagi takroriy g‘alaba siri nima? 

- Muvaffaqiyatning asosiy sababi - bu milliy futbolimiz taraqqiyoti uchun ishlab chiqilgan yaxlit tizim. Qolaversa, milliy jamoa ham ko‘p yillardan buyon aniq yo‘nalish bo‘yicha harakatlanmoqda, yigitlar anchadan buyon birga shug‘ullanib, o‘ynamoqdalar. Ayni shu barqarorlik ortidan maydonda bir-birimizni yaxshi tushunyapmiz. Osiyo kubogini qatorasiga ikkinchi marta yutganimizda jamoaviy birdamlik katta o‘rin tutgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Hammamiz katta maqsad sari bor kuch bilan intilamiz. Hozirda oldimizga qo‘yilgan marralarni zabt etishimizga hech nima to‘siq bo‘lolmasligini qalban his qilyapmiz. Xullas, ichki ko‘tarinkilik va yuksak ishonch murakkab o‘yinlarda ham g‘alaba qozonishimizga yordam berdi. Tabiiyki, zafar yo‘lida ayrim qiyinchiliklarni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri keldi, ba’zi omadsizliklar ham kuzatildi. Misol uchun, JCH-2022da muxlislar kutgan natija qayd etolmadik. Muhimi, omadsiz mundialdan keyin ham tanlangan yo‘ldan chekinmadik. Chunki Qatar-2022dagi muvaffaqiyatsizlik o‘rnini tezda qoplay olishimizni bilardik. Shu asnoda birgalikda ishlashdan charchamadik, g‘alaba qozonishimizga zarracha shubhalanmadik. Xususan, Osiyo kubogida har bir o‘yinni finaldek qabul qildik. Aslida turnir chog‘i oldimizga aniq bir maqsad-marra qo‘ymadik, deylik, hal qiluvchi o‘yinga chiqishni o‘ylamadik. Shunchaki, navbatma-navbat har o‘yin­ga to‘g‘ri yondashishni ma’qul ko‘rdik. Menimcha, bu yana bir marta Osiyo chempioni bo‘lishimizda kalit vazifasini o‘tadi.

- Ispaniyalik Tintin Markes jamoani shundoq turnir starti arafasida qabul qildi. Sizningcha, u chempionlikni qo‘lga kiritish yo‘lida jamoaga aynan nima olib kirdi?

- Jamoamizning aksariyat a’zolari Aspire akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanalishadi. Bu dargohda mashg‘ulotlar ispaniyalik murabbiylar yaxshi ko‘radigan model asosida olib boriladi. Albatta, har bir murabbiyning ish tizimi ma’lum darajada farqli, ammo umumiy uslub o‘xshash. Jumladan, Markes ham ispan murabbiylik maktabining keng tarqalgan ushbu falsafasiga moyil. Qolaversa, u bunga qadar bir necha yil Qatarda ishlagandi. Qisqasi, Tintin futbolimiz va ish uslubimizni yaxshi bilardi, kuchli va zaif jihatlarimizdan xabardor edi. Amalda murabbiy qo‘llagan taktik o‘zgarishlarga moslashishda aslo qiynalmadik. Bunda Markesning yuksak ishonchi ham katta rol o‘ynadi, albatta. Har holda, u birinchi kundanoq bizga to‘liq ishonishini ta’kidladi. Shuning barobarida uning g‘oyalariga aslo shubhalanmasligimizni so‘radi. Oxir-oqibat, hamfikr ishlab, oliy maqsadga erishdik. O‘ziga shukr.

- Osiyo kubogi lahzalarini esga olsak, shaxsan siz uchun eng murakkab vaziyat qaysi o‘yinda kuzatildi? Umuman, aynan qaysi pallada chempion bo‘lishinglarni yaqqol his qildinglar?

- Menimcha, Eron termasi bilan o‘yin eng qiyini bo‘ldi. Ayniqsa, oxirgi 10-20 daqiqa. Ochig‘i, Alirizo Jahonbaxshning golidan keyin hammasi tugagani haqida o‘ylagandim. Juda asabiy va xavotirli holat. Asosiysi, barchasini uddaladik!

- Yakunda sizni OK-2023ning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olishdi. Akangiz Mutaz esa balandlikka sakrash bo‘yicha Olimpiada kumush va oltin medallarini qo‘lga kiritgan. Faoliyatingizdagi g‘alabalarda uning muvaffaqiya­ti ta’siri ham bormi?

- Albatta, akamning yutuqlari menga qo‘shimcha motivasiya - qanot bag‘ishladi. U Qatar nomidan xalqaro maydonda medallar yuta boshlagan payt men juda yosh bo‘lganman. Qisqasi, hamisha akamga chin namuna sifatida qaraganman, uningdek muvaffaqiyat qozonish ilinjida tirishganman. Oddiy aytganda, Mutazning zafarlari ta’sirida o‘zimcha o‘yladim: «Nega endi men ham shunday qilolmasligim kerak? Axir ikkimizda bir xil gen bor». Asosiysi, akam hamisha meni boricha qo‘llab-quvvatladi, yana rag‘batlantirishni ham unutmadi. Qachonki nimadandir qiynalsam, u darhol yonimga kelib, imkon boricha ruhlantirardi. Shunday ekan, faoliya­timda akamning ijobiy ta’siri katta, darhaqiqat.

- JCH-2022da dastlabki o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdingiz, keyingi 2tasida esa boshlang‘ich tarkibdan joy oldingiz. Ochilish o‘yinida ishtirok etmasligingizni bilganingizda, qanday holatga tushgandingiz?

- Yo‘q, ortiqcha siqilmadim, zaxira o‘rindig‘ida ham xotirjam o‘tirdim. Binobarin, bolaligimdan Qatar milliy jamoasini jahon chempionatida ko‘rishni orzu qilganman. JCH-2022 mezbonlik huquqi Qatarga topshirilgach, oldimda yangi maqsad tug‘ildi - mundialda o‘ynaymanmi yoki yo‘q, milliy jamoa tarkibiga kirishim shart. Allohga shukr, bu orzum ham ro‘yobga chiqdi ortig‘i bilan. Axir muxlislarimiz ko‘z o‘ngida 2ta katta o‘yinda mamlakatim sharafani himoya qildim - tengi yo‘q ajoyib tajriba.

- Jamoangizning JCH-2026 saralash kampaniyasidagi imkoniyatini qanday baholaysiz? 

- Bunga qadar Hindiston va Afg‘oniston termalarini yengish asnosida saralash bos­qichini yaxshi boshladik. Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatdan keyin ishonch yuqori. Yakuniy raund masalasini imkon qadar tezroq hal etib, ortiqcha bosim xavfini yo‘qotishimiz kerak. Albatta, har bir grand jamoa qatori bizda ham jahon chempionatiga borish imkoniyati katta. Ayniqsa, Osiyo kubogidagi zafar ta’sirida favoritlar qatoriga qo‘shildik. Ha, hozir diqqat markazidamiz. Raqiblar bizga qarshi uchrashuvlarda 200 foiz kuch ishlatishga tayyor turishlari tayin. Shunday ekan, hushyorlikni o‘rniga qo‘yib, yanada yaxshiroq, keskinroq o‘ynashimiz talab etiladi.

- Akamga chin namuna sifatida qaraganman, uningdek muvaffaqiyat qozonish ilinjida tirishganman. Oddiy aytganda, Mutazning zafarlari ta’sirida o‘zimcha o‘yladim: «Nega endi men ham shunday qilolmasligim kerak? Axir ikkimizda bir xil genlar bor». Asosiysi, akam hamisha meni boricha qo‘llab-quvvatladi, yana rag‘batlantirishni ham unutmadi. Qachonki nimadandir qiynalsam, u darhol yonimga kelib, imkon boricha ruhlantirardi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 27.03.2024.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.