Hujumchi Antuan Grizmann "Atletiko Madrid" mashg‘ulotlariga qaytdi, deb xabar beradi Marca.
32 yoshli fransiyalik futbolchi jarohati sabab Fransiya terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. U 2017 yildan beri ilk bor terma jamoa o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.
Joriy mavsumda Grizmann 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiyalik futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.