Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

“Bavariya” futbolchisiga ultimatum qo‘yildi

“Bavariya” futbolchisiga ultimatum qo‘yildi

Baho:
+ | -

“Bavariya”ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devisning agenti Nedal Xuose futbolchining kelajagi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Devis “Real” e’tiborini tortgani haqida xabar berilgan edi.

“Bavariya bizga ultimatum qo‘yayotgani adolatsizlik. Futbolchining kelajagi to‘g‘risida mavsum so‘ngida qaror qilamiz. Hozir Alfonsoga tazyiq o‘tkazilayotgani adolatdan emas. Bir yil oldin biz kelishuvga yaqin edik. Keyin klubning butun rahbariyati o‘zgardi. Biz yetti oy davomida hech narsa eshitmadik. Vaholangki, bu vaqt ichida men o‘zim klub bilan bog‘lanishga harakat qildim.

Endi bizga ultimatum qo‘yildi va biz ikki hafta ichida javobimizni aytishimiz kerak ekan. Bu — adolatsizlik. Keyingi shartnoma Alfonsoning faoliyatida juda muhim bo‘ladi va biz kelasi mavsumda murabbiy kim bo‘lishini va jamoa qanday ko‘rinishda bo‘lishini bilmay turib bir qarorga kelishimiz kerak. Shuning uchun bizning oldimizga qo‘yilgan ultimatumni adolatsiz deb hisoblaymiz”, — deydi futbol agenti.

Kiritildi: 17:42, 28.03.2024.
O'qildi: 925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.