"Inter" hujumchisi Marko Arnautovich mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etadi, deb xabar beradi Tuttomercatoweb nashri.
Qayd etilishicha, klub futbolchi bilan 2025 yilgacha shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga qaror qilgan. "Inter" bu borada futbolchi bilan kelishuvga erishmoqchi.
Futbolchining tez-tez jarohat olgani, sog‘lom bo‘lganida esa "neradzurrilar" rahbariyatini qoniqtiradigan o‘yin ko‘rsata olmagani uchun bunday qaror qabul qilingan.
Bu holatda avstriyalik futbolchi joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoani tark etadi. 34 yoshli Arnautovich joriy mavsumda “Inter” safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.