Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shahrom Samiyev: «Golimni» «ziga-zaga» deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman»

Shahrom Samiyev: «Golimni» «ziga-zaga» deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman»

Baho:
+ | -

«Andijon» Superliganing 5-turida Toshkentda «Lokomotiv»ni 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirilgan tojikistonlik hujumchi Shahrom Samiyev ikkinchi golga mualliflik qildi va chempionatimizdagi gollari hisobini ochdi. Futbolchi «Andijon» matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

— Shahrom, «Lokomotiv»ga qarshi bahs to‘g‘risida nima deya olasiz?

— O‘yin yaxshi va emosiyalarga boy tarzda o‘tdi. Jamoadoshlarimga rahmat, oxirigacha hisobni ushlab turishdi va muxlislarga katta raxmat. Ular eng zo‘ri!

— «Andijon» safidagi birinchi golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?

— G‘alabadan juda mamnunman. Jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman va bizda ahil bir oila mujassam.

— Zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirishda hissa qo‘shyapsiz va gol uryapsiz. Sizni «yashirin qurol» deb atasak bo‘ladimi?

— Nima desam ekan, men doim jamoaga yordam berishga tayyorman. Asosiy tarkibdami yo zaxiradanmi, farqi yo‘q. Yashirin qurol xaqida xech narsa deya olmayman (kuladi).

— Golingizni kimga bag‘ishladingiz?

— Golni bizni «ziga zaga», “olg‘a «Andijon», deb qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag‘ishlayman.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 23:59, 06.04.2024.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик