Fransiyalik afsonaviy hujumchi Tyerri Anri o‘zining sobiq jamoasi “Barselona” haqida gapirdi.
"Barsa"da ular g‘alabalar haqida emas, qanday o‘ynashingiz haqida gapirishadi. Bu xuddi missiyaga o‘xshaydi - siz o‘z o‘yiningiz bilan odamlarga zavq bag‘ishlashingiz kerak.
Siz qilayotgan ishingizni chinakam sevishingiz kerak. Shu bois bu klubda g‘alaba qozonishning o‘zi yetarli emas.
Siz ularni chiroyli tarzda amalga oshirishingiz kerak", - dedi Anri.