Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ivan Rakitich 2017 yilda "Barselona"ning "PSJ" ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 1/8 finalida parijliklar o‘z maydonida “Barselona”ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, javob o‘yinida kataloniyaliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan va bu jamoaga turnirning chorak finaliga chiqish uchun imkon yaratgandi.
"Bunday o‘yinlarda nafaqat g‘alaba qozoniladi, balki xotirada qoladi. Agar ko‘proq narsani qila oladigan jamoa bo‘lsa, bu "Barselona" edi. Bu aqldan ozgan kun, Chempionlar ligasi tarixidagi asosiy o‘yinlardan biri edi", - deya Rakitich so‘zlarini keltiradi Diario Sport.