"Milan" hujumchisi Rafael Leau "Sassuolo" bilan o‘yindagi durangdan (3:3) so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Milanliklar bahsda 1:3 hisobini 3:3 ga o‘zgartira olishdi.
"Siz qo‘rquvlaringiz tanangizni egallashiga yo‘l qo‘yolmaysiz. Biz hali tirikmiz", - deb yozdi portugaliyalik vinger.
Keyingi turda "Milan" "Inter" bilan o‘ynaydi. Ushbu muhim o‘yin 22 aprel, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.