"Milan" hujumchisi Olivye Jiru A Seriyaning 32-turida "Sassuolo" bilan kechgan (3:3) dramatik o‘yindan so‘ng fikr bildirdi.
"Biz taslim bo‘lmaymiz va g‘alaba qozonishni istaymiz. Hozir biz faqat payshanba kungi uchrashuv haqida o‘ylayapmiz. Bizga ishoning”, - deb yozdi fransiyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqda.
Jiru “Milan” safida 2021 yildan buyon to‘p tepadi. Payshanba kuni jamoa Yevropa ligasi chorak finalida “Roma”ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi.