Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Manchester Siti"da trebl qilish imkoni qolmadi

"Manchester Siti"da trebl qilish imkoni qolmadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ketma-ket 2-mavsum trebl qila olmaydigan bo‘ldi.

Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Chempionlar ligasi 1/4 finalining ikkinchi o‘yinida “Real”ga (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4) mag‘lub bo‘ldi.

“Manchester Siti” yevrokuboklarning asosiy turniridan chiqib ketdi va ketma-ket ikkinchi treblga erishish imkoniyatini yo‘qotdi. “Shaharliklar” hali Angliya chempionati va Angliya kubogini yutib olish imkoniyatiga ega, ular kubok yarim finalida “Chelsi” bilan uchrashadi.

O‘tgan mavsumda jamoa Premyer-liga chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" va "Barselona" ikki martadan treblga erishgan, ammo ketma-ket emas. Ilgari "Barselona" bilan trebl yutgan Gvardiola tarixda ikki xil klub bilan trebl yutgan birinchi murabbiy hisoblanadi.

Kiritildi: 04:14, 18.04.2024.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик