Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Bellingem "El-Klasiko"da gol urish bo‘yicha Zidan bilan tenglashib oldi

Bellingem "El-Klasiko"da gol urish bo‘yicha Zidan bilan tenglashib oldi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 91-daqiqasida “Barselona” darvozasiga g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa 20 yoshli angliyalik futbolchi Rud van Nistelroydan keyin La Ligada ketma-ket gol urgan ilk “Real Madrid” futbolchisiga aylandi. "Barselona"ga qarshi o‘tgan o‘yinda Jud dubl qayd etgandi va 92-daqiqada g‘alaba golini ham kiritdi.

Bellingem "El-Klasiko"da urgan gollari soni bo‘yicha "Real"ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan tenglashdi - endi ikkalasida ham 3tadan gol bor. Zidan "Barselona"ga qarshi 11 o‘yin o‘tkazgan, Bellingem - 3 ta.

Joriy mavsumda Jud 36 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:36, 22.04.2024.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.