Kirish Ro'yxatdan o'tish

Trent: "Men uchun ikki oy og‘ir bo‘ldi"

Trent: "Men uchun ikki oy og‘ir bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold "Fulxem" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jarima zarbasidan urgan goli haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Yurgen Klopp shogirdlarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Uchrashuvdagi hisobni Aleksandr-Arnold ochdi va u o‘yinning 32-daqiqasida jarima zarbasidan darvozani aniq nishonga oldi.

"Ko‘rganimdek, vaziyat juda zo‘r edi. Yigitlar menga bu juda yaxshi bajarilganini aytishdi! Yana gol urish ajoyib bo‘ldi.

Men uchun ikki oy og‘ir bo‘ldi – o‘ynay olmadim yoki o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullana olmadim. Men qaytganimdan xursandman - bu ajoyib tuyg‘u, men futbol o‘ynashni yoqtiraman", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Kiritildi: 18:33, 22.04.2024.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.