Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Shahram G‘iyosov Olimpiada chempioni Daniyar Eleusinov hamda o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Ja’farov jangi borasida fikr bildirdi

Shahram G‘iyosov Olimpiada chempioni Daniyar Eleusinov hamda o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Ja’farov jangi borasida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Bokschi Shahram G‘iyosov “Daryo” bilan suhbatda Saidjamshid Ja’farov hamda qozog‘istonlik Daniyar Eleusinov qarama-qarshiligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Juda zo‘r jang bo‘ladi. Professional ringda qozog‘istonlik bokschining tajribasi kattaroq. Lekin havaskor boksda, hozirda yaxshi ketayotgan bokschi bu Saidjamshid. Shuningdek, u hali yosh. Saidjamshidning shiddati bor, chempionni mag‘lub etsam degan ishtiyoq bilan ringga chiqadi. Ikkalasida ham ustunlik bor.

Men yaxshi jang tarafdoriman. Lekin baribir o‘zimning ukam, Saidjamshidga muxlislik qilaman. U bilan Buxoroda bitta zalda mashg‘ulotlar o‘taganmiz. Omad tilayman, albatta”, — deydi Shahram.

Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida “IBA Chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tadi. Unda Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Daniyar Eleusinov hamda jahon vise-chempioni Saidjamshid Ja’farov jang qiladi. Ushbu jang g‘olibi -71 kg vazn toifasida IBA chempionlik kamariga rasmiy da’vogarga aylanadi.

Eleusinov Rio-2016 Olimpiadasi chempioni bo‘lib, o‘shanda final jangida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovni hakamlarning bahsli qarori bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Doniyor Eleusinov 2021 yilning dekabr oyida argentinalik Xuan Ernan Lealni mag‘lub etganidan buyon jang o‘tkazmagan.

O‘zbekistonlik Saidjamshid Ja’farov havaskorlar toifasida ishtirok etadi. U o‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari bokschi ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan.

Suhbat 20 aprel sanasida yozib olingan. 22 aprel kuni Qozog‘iston OAV ushbu jang bekor qilingani haqida xabar berdi. Manbaga ko‘ra, qozog‘istonlik bokschi jarohat olganligi bois jangda ishtirok etmaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:54, 23.04.2024.
O'qildi: 2578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик