Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Xavining qarori qanday o‘zgardi?

Xavining qarori qanday o‘zgardi?

Baho:
+ | -

Xavi yanvar oyidan buyon fikrini o‘zgartirishini qat’iyan rad etgan bo‘lsa-da, "Barselona"da qolmoqda. U "Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng klubdan ketishini e’lon qildi va shundan keyin jamoa natijalarda keskin yaxshilandi.

Xavi nega qoldi?

● Laporta va unga yaqin rahbarlarni qo‘llab-quvvatlash. Sport bo‘limida kelishmovchiliklar bo‘lgan, ammo asosiy so‘z Laportada edi. Vise-prezident Rafa Yuste Xavi bilan bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi.

● Jamoa rivojlanmoqda. Mavsum yaxshi boshlanmadi, biroq Xavining bayonotidan so‘ng u vaziyatni o‘zgartirib yubordi va endi jamoa ko‘proq yutuqlarga erishishga qodirligini ko‘rmoqda.

● Xavi bu mavsumda hech narsa yutmadi. Keyingisida u vaziyatni to‘g‘irlashni xohlaydi.

● Akademiyadan kelgan yosh iqtidorlarga ishonch. Chetdan murabbiy kelishi “La Masia” yulduzlarining rivojlanishiga xavf solishi mumkin. Xavi Yamal va Kubarsining rivojlanishi u bilan bog‘lanishini xohlaydi.

● Uzoq muddatli loyiha. "Barselona" hali ham moliyaviy inqirozda: Xavining tayinlanishi bilan klub uni ko‘p yillar davomida murabbiy bo‘lishini rejalashtirgan.

● "Barselona" Nike bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi, bu esa klubga La Ligadagi moliyaviy cheklovlardan xalos bo‘lishga imkon beradi. Xavi yozda kuchayishini kutmoqda.

● Balki, Xavi haqiqatdan ham klubni tark etish niyatida emas va o‘z bayonoti bilan futbolchilardagi bosimni olib tashlashni rejalashtirgandir. Ehtimol, uning g‘oyasi ishlayotganda, u illyuziyani saqlab qolishda davom etdi. Natijalar o‘zgarishi bilan u kartalarniochsi va qolishga qaror qildi.

Xavi qanday fikrda?

Mana, uning ketmasligi haqidagi xabardan keyingi so‘nggi so‘zlari:

“Men klub odamiman, siz meni bilasiz, eng muhimi klub haqida o‘ylash. O‘zimni yanada ishonchli his qilyapman. "Barselona"ni juda yaxshi ko‘raman.

Bu loyiha tugallanmaganini ko‘raman. Bu yil hech qanday unvon yutmasligimiz mumkin, lekin biz ishlashni davom ettirishimiz kerak, chunki bu g‘olib loyiha. Yanvar oyida men ketishni yaxshiroq deb o‘yladim, lekin vaziyat o‘zgardi.

Prezident bilan gaplashdim va uch daqiqa ichida biz bir-birimizni tushunib oldik. Juda xursandman va minnatdorman. Men prezident, direktorlar kengashi va Deku va Boyan boshchiligidagi sport bo‘limining qo‘llab-quvvatlashini his qildim”, dedi Xavi.

Kiritildi: 14:43, 26.04.2024.
O'qildi: 16524 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик