Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Real" Mbappe borasida Fransiyaga xabar yubordi

"Real" Mbappe borasida Fransiyaga xabar yubordi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" hozirda "PSJ"da o‘ynayotgan hujumchi Kilian Mbappe bilan barcha zarur masalalarni hal qildi, endi tomonlar shartnoma imzolaydi va futbolchi yozda "Qirollik klubi"ga o‘tadi. “Qaymoqranglilar”ning shartlaridan biri fransiyalik futbolchining Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada (26 iyul - 11 avgust) ishtirok etmasligidir. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Real Madrid" allaqachon Fransiya futbol federasiyasi bilan bog‘lanib, 25 yoshli hujumchini Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat bermasligi haqida xabardor qilgan. Qolaversa, "Los-Blankos" o‘z jamoasidagi barcha fransuz futbolchilariga Olimpiadaga borishga ruxsat bermaydi.

"Real" rahbariyatining rejasiga ko‘ra, Mbappe "Los-Blankos"ning iyul oyi oxirida boshlanadigan AQSH turnesi oldidan dam olish uchun 14 iyulda yakunlanadigan Yevropa chempionatidan keyin ta’tilga chiqishi kerak.

Kiritildi: 05:53, 27.04.2024.
O'qildi: 14895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик