"Torino" bosh murabbiyi Ivan Yurich joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi.
Mutaxassisning shartnomasi iyun oyida tugaydi va u uzaytirilmaydi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
"Buqalar" rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng murabbiylarni o‘zgartirishga qaror qildi.
Ivan Yurich 2021 yilning yozidan buyon turinliklar jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.