Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ekspertlarning fikricha, kecha "Tottenxem" penalti tepishi kerak edi

Ekspertlarning fikricha, kecha "Tottenxem" penalti tepishi kerak edi

Baho:
+ | -

Maykl Dousonning fikricha, Deyan Kulusevski yiqilganida penalti bor edi.

Kecha APLning 35-turi doirasida "Arsenal" o‘z maydonida "Tottenxem"ni mag‘lub etdi (3:2).

O‘yindan so‘ng "shporlar"ning sobiq himoyachisi Maykl Douson "kanonirlar"ning ikkinchi goli oldidan "Tottenxem"ga Leandro Trossardning mehmonlar jarima maydonida Deyan Kulusevskiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun penalti belgilanishi kerakligini aytdi.

Dousonning fikricha, Kulusevskining yiqilishi penaltiga asos bo‘lardi, biroq hujumchi oyoqqa turishga harakat qilib, halollik ko‘rsatgan.

"Men uchun bu penalti. U oyoqqa turishga harakat qilib, ikki-uch qadam tashladi va hakamda barchasi joyida bo‘lgandek taassurot qoldirdi", dedi Douson Sky Sports nashriga.

"Siti"ning sobiq futbolchisi Mayk Richards ham shunday dedi: "Men Dousonning fikriga qo‘shilaman. Agar u oldinroq yiqilgan bo‘lsa, hakamlar buni ko‘rib chiqishlari mumkin edi.

U oyoqqa turishga uringani uchun "jazolandi". Bu vaziyat boshqacha yakunlanishi mumkin edi".

Kiritildi: 19:12, 29.04.2024.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик