"Milan" himoyachisi Simon Kyer mavsum oxirida jamoani tark etadi, deya xabar bermoqda Fabrisio Romano.
Futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Uning shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi va u uzaytirilmaydi. Bu haqdagi ma’lumotni futbolchining agenti Mikkel Bek tasdiqladi.
35 yoshli daniyalik futbolchi 2020 yilning qishidan beri “Milan”da o‘ynamoqda.