Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston kubogi 3-tur: bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

O‘zbekiston kubogi 3-tur: bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+1 | -

Joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston kubogi 2024-yilgi mavsum guruh bosqichi 3-turi bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi o‘tkazilgan uchrashuvlariga yakuniga ko‘ra Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 3-tur doirasida o‘tkazilgan 16 o‘yinda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: “Andijon” – “Nasaf” bahsi, ehtimoliy penalti.

Turning markaziy uchrashuvi 69-daqiqasida “Nasaf” jarima maydonchasi ichida mehmonlarning 5-raqamli futbolchisi G‘. G‘aybullayevning qo‘liga to‘p tekkandek ko‘ringan. Takroriy lavhalardan vaziyat aniq ko‘rinmagani bois, VAR bosh hakamni monitor oldiga chaqirib, o‘zi qaror chiqarishi kerakligini tavsiya qilgan. Barcha takrorlarni ko‘rib chiqqach, bosh hakam uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To‘p qo‘lga tekkani aks etgan birorta kadr yo‘q. Bundan tashqari, to‘p dastavval himoyachining oyog‘iga tekkanini ham qayd etish lozim: qoidalarga ko‘ra, to‘p tananing biror qismiga tegib, so‘ng qo‘lga tegsa, o‘yin davom ettiriladi. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

2-vaziyat: “Andijon” – “Nasaf” uchrashuvi: qizil kartochka.

Uchrashuvning 80-daqiqasida andijonliklarning jarima zarbasidan so‘ng uyushtirgan pozision hujumi chog‘ida “Nasaf”ning 6-raqamli futbolchisi M. Rahmatov “Andijon”ning 66-raqamli a’zosi I. Alijonovga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan, deb topilgan va vaziyatni yaqin pozisiyadan kuzatib turgan bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda 6-raqamli M. Rahmatov to‘pga o‘ynamagan, “Andijon” futbolchisi to‘pni sherigiga uzatishga ulgurgan. Shu sababli, oyoqning tagi bilan raqib oyog‘ining himoyalanmagan qismiga qo‘pol harakat sodir etilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi bir ovozdan hakamning qizil kartochka ko‘rsatish qarori to‘g‘ri bo‘lganini tasdiqlaydi.

3-vaziyat: “Lokomotiv” – “Qizilqum”: ehtimoliy penalti.

Toshkentdagi bahsning 17-daqiqasida hujum chog‘ida to‘pni qabul qilib olgan mehmonlarning 22-raqamli futbolchisi SH. Rahmatullayev 2-raqamli raqibi A. Abdurashidov bilan kontaktdan so‘ng raqib jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Bosh hakam Rahimbek Karimov dastlab 11 metrlik nuqtaga ishora qilib, “Lokomotiv” futbolchisini ogohlantirgan, so‘ngra VAR vaziyatga aralashib, hakamni monitor yoniga chaqirgan. Takrorlarni ko‘rib chiqqan R. Karimov penalti va sariq kartochkani bekor qilib, uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda ikki jamoa vakillari to‘p uchun tabiiy kurash sodir etgani va “Lokomotiv” himoyachisi to‘pga birinchi bo‘lib tekkanini ko‘rishimiz mumkin. Ularning bu kontakti penalti uchun yetarli asos emas. VAR vaziyatga aralashib, to‘g‘ri qilgan: hakamlar jamoasining qarori ham to‘g‘ri, deb topildi.

4-vaziyat: “Neftchi” – “Metallurg” uchrashuvi: mezbonlarning goli.

Uchrashuvning 27-daqiqasida “Neftchi” uyushtirgan hujum chog‘ida “Metallurg”ning 4-raqamli himoyachisi K. Palich to‘pni uzoqlashtirish uchun tepib yuborgan, so‘ngra to‘p “Neftchi”ning 99-raqamli a’zosi N. Effiongning qo‘liga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirgan va qaytgan to‘pni mezbonlarning boshqa bir vakili G‘. G‘ulomov darvozaga yo‘llab, gol urgan. Bosh hakam golni inobatga olgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachi to‘pni tepgan nuqta va raqib qo‘li orasidagi masofa juda qisqa (1 metrdan kamroq). Yaqin masofa hamda intensiv harakat inobatga olinib, o‘yin davom ettirilgani hamda gol inobatga olingani to‘g‘ri qaror. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat: “Neftchi” – “Metallurg” uchrashuvi: ehtimoliy qizil kartochka.

Uchrashuvning 31-daqiqasida to‘p uchun kurashgan “Neftchi”ning 24-raqamli futbolchisi G‘. G‘ulomov hamda “Metallurg”ning 7-raqamli futbolchisi S. Abduraimov o‘rtasida kontakt sodir bo‘lgan. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov bu vaziyatda mezbonlar a’zosi qoidani buzgan, deb topib, unga sariq kartochka ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda “Neftchi” futbolchisi raqib to‘pga emas, raqib oyog‘ining orqa qismiga butsaning tagi bilan zarba bergan. Ushbu qo‘pol harakat qizil kartochka ko‘rsatish uchun asosli. Ibrohim Ismoilov esa uni chetlatmay, sariq kartochka bilan cheklangani bois, hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

Manba: uzfhm
Kiritildi: 17:36, 30.04.2024.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.