Deyarli butun faoliyatini Menxengladbaxning “Borussiya” klubida o‘tkazgan Patrik Xerrmann mavsum yakunida futbolchilik faoliyati bilan xayrlashadi.
Bu haqda «Borussiya» rasmiy sayti yozmoqda. Xerrmann 33 yoshda. U 2008 yilda yoshligida, "Saarbryuken"dan "Borussiya"ga o‘tgandi.
Nemis futbolchisi 2009 yilda Gladbax jamoasi tarkibida professional darajadagi birinchi o‘yinini o‘tkazgan va shundan buyon u 15 yil davomida klubini o‘zgartirmadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qanot hujumchisi Germaniya terma jamoasida deyarli o‘ynamagan, u jamoada faqat ikkita o‘yin o‘tkazgan.