Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni UEFA Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya” bilan birinchi o‘yin haqida gapirdi. O‘yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
“Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi, lekin biz ba’zi jihatlarda yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. “Bavariya”dek kuchli jamoaga safarda o‘ynash qiyin. Ammo qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Oxir-oqibat, shunday bo‘ldi. Bizda oldinga borish uchun hali kuch bor", - deydi yarim himoyachi.
"Real" va "Bavariya" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 may kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.