Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Ronalduning dubli «An-Nasr»ni Saudiya Qiroli kubogi finaliga olib chiqdi (videosharh)

Ronalduning dubli «An-Nasr»ni Saudiya Qiroli kubogi finaliga olib chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Qiroli kubogining yarim finalida “An-Nasr” 1 may, chorshanba kuni “Al-Xolij”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Krishtianu Ronaldu ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. 37-daqiqada Sadio Mane penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda esa Ar-Riyod klubi faol harakat qildi. 57-daqiqada Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. 82-daqiqada “Al-Xolij” futbolchisi Altres hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv 3:1 hisobida “An-Nasr”ning g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yana bir yarim final bahsida “Al-Hilol” “Al-Ittihod” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqqandi.

Saudiya Qirol kubogi, 1/2 final
1 may, chorshanba
“An-Nasr” – “Al-Xolij” 3:1
Gollar: 1:0 – Krishtianu Ronaldu (17), 2:0 – Mane (37, penalti), 3:0 – Krishtianu Ronaldu (57), 3:1 – Altres (82).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:40, 02.05.2024.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик